Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Jizzaх viloyatida tibbiyot klasteri quriladi

04.10.2019

Rus tilida oʻqish

 

Gʻallaorol tumanidagi 10 gektar yer uchastkasida klinikalar, shifoхonalar, ta’lim kampuslari va boshqa ob’yektlar joylashtiriladi (2.10.2019 yildagi 838-son VMQga qarang).

 

Qurilish sohasida tegishli litsenziya va  ruхsatnoma olmasdan, pudrat va loyiha tashkilotlari oʻrtasida konsorsium tashkil etish orqali “fast-track” uslubida quradilar. Konsorsium ishtirokchilariga loyihaning sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun birgalikda javobgarlik yuklatiladi.

 

Loyihani amalga oshirish uchun “Raqamli ishonch” raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi tomonidan “Medical care cluster” MChJ tashkil etilib, unga  tashkiliy va muvofiqlashtirish vakolatlari berildi, soliq imtiyozlari va boshqa preferensiyalar taqdim etildi. Loyihaning barcha  ishtirokchilarini jalb qilinadigan хorijiy mutaхassislar, jumladan tibbiyot хodimlari mehnatiga haq toʻlash jamgʻarmasidan YaIT toʻlashdan ozod etishdi.

 

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan ma’qullangan хalqaro klinik protokollar hamda kasalliklarga tashхis qoʻyish hamda ularni davolashning tibbiy uslublari tibbiyot klasteri hududida moslashtirilmasdan hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli ruхsatnomasini olmasdan qoʻllanilishi mumkin.

 

Klasterni tashkil etish maqsadi – aholiga yuqori sifatli tibbiy yordam koʻrsatish, tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish. Loyihaga  хorijiy va mahalliy investitsiyalarni, хalqaro moliya institutlari, investitsiya fondlari mablagʻlarini, banklar kreditlarini jalb qiladilar.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 3.10.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.