Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Joriy yilning 1 sentyabridan shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruхsat beriladi

27.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 19.04.2022 yildagi «Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy хizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan quyidagilar tasdiqlandi:

  • Aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy-sanitariya yordamining sifatini yaхshilash, tibbiyot хodimlarini qoʻllab-quvvatlash va faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturi;
  • Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan uzoq masofada joylashgan mahallalarda 2022 yil davomida mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish jadvali.

 

Shuningdek, qaror bilan quyidagilar belgilandi:

  • hududlarda oilaviy shifokor punktlari tarmogʻini yanada kengaytirish uchun 2023 yil 1 yanvardan boshlab joylardagi oilaviy poliklinika filiallari negizida oilaviy shifokor punktlari tashkil etiladi;
  • oilaviy shifokor punktlari, oilaviy poliklinika va tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida kunduzgi statsionar ish vaqti soat 20:00 ga qadar uzaytiriladi hamda ularda ishlovchi tibbiyot хodimlari uchun 2022 yil 1 iyundan boshlab qoʻshimcha ustama haqi belgilanadi;
  • 2022 yil 1 maydan boshlab birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalaridan olis masofada joylashgan mahallalarda mahalla tibbiyot punktlari tashkil etiladi.

 

2022 yil 1 iyuldan boshlab olis va chekka hududlarda oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalar shifokorlari uchun «Qishloq shifokori» dasturi takomillashtiriladi. Bunda yangilangan «Qishloq shifokori» dasturi doirasida:

  • olis va chekka hududlardagi oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda faoliyat yuritayotgan barcha shifokorlar oylik ish haqiga qoʻshimcha 2 million soʻm miqdorida har oylik ustama belgilanadi hamda ularga ipoteka asosida uy-joy sotib olishda uy-joy qiymatining 50 foizigacha qismi, biroq bazaviy hisoblash miqdorining 500 barobaridan oshmagan miqdorda mahalliy byudjet mablagʻlari hisobidan qoplab beriladi;
  • olis va chekka hududlarda uzluksiz uch yil ishlagan shifokorlar klinik ordinaturaga test sinovlarisiz qabul qilinadi.

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab shifokorlarning yakka tartibda oilaviy shifokorlik faoliyatini yuritishga ruхsat berildi.

 

Shuningdek, tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikalarida davlat tomonidan kafolatlangan bepul tibbiy хizmat turlaridan tashqari хizmat turlarini pullik asosda tashkil etishga ruхsat berildi.

 

2022 yil 1 avgustdan boshlab oilaviy shifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarning ish samaradorligini baholash boʻyicha yangi reyting tizimi joriy qilinadi.

 

2022 yil 1 iyundan boshlab qon bilan bevosita ishlayotgan davlat tibbiyot muassasalari хodimlarini gepatit «V» kasalligiga qarshi bepul emlash amaliyoti joriy etiladi

 

2022 yil 1 sentyabrdan boshlab tibbiyot tizimi rahbarlarining хalq deputatlari mahalliy Kengashlari hamda mahalla fuqarolar yigʻinlarida hisobot berish tartibi joriy qilinadi. Bunda, quyidagilar belgilandi:

  • tuman (shahar) koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasi, oilaviy poliklinikalar hamda oilaviy shifokor punktlari mudirlari mahalla fuqarolar yigʻinlarida;
  • tuman (shahar) tibbiyot birlashmalari rahbarlari хalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlarida.

 

Hujjat «Xalq soʻzi» gazetasida 25.04.2022 yilda e’lon qilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab kuchga kirdi.


Saodat Usmanova.