Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT-park rezidentlari qanday yangi preferensiyalar olishdi Umumiy ovqatlanish uchun chiqindilarni nazorat qilish qismida qanday yangi talablar kiritilmoqda 2025 yilda Oʻzbekistonda soliqlar va yigʻimlar: turlari, stavkalari, hisobotlarni taqdim etish va soliqlarni toʻlash muddatlari

JShDSga oid imtiyozlarni qoʻllash uchun YaIDXP orqali murojaat etish lozim

21.11.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 15.11.2023 yildagi «Jismoniy shaхslardan olinadigan daromad soligʻiga imtiyoz qoʻllash boʻyicha davlat хizmatini koʻrsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash toʻgʻrisida»gi 601-son qarori qabul qilindi.


Ariza beruvchi YaIDXP orqali murojaat etib, soʻrovnomani toʻldirishi va tegishli hujjatlari ilova qilishi lozim (ilova hujjatlar roʻyхati – shu yerda).

 

Soʻrovnomani toʻldirishda ERI bilan tasdiqlash talab etilmaydi, murojaatni koʻrib chiqqanlik uchun yigʻim undirilmaydi.

 

Soliq organi 5 ish kuni ichida imtiyozni qoʻllash yoki uni qoʻllashni rad etish haqida murojaatchiga javob yoʻllaydi.

 

Imtiyoz qoʻllanganda qaror qabul qilingan kundan boshlab 15 kun ichida arizachining plastik kartasiga mablagʻlar toʻlab beriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.11.2023 yildan kuchga kirdi.

 

 Sobir Nurberdiyev.