Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
22 oktyabrdan boshlab majburiy markirovkalanishi lozim boʻlgan tovarlar roʻyхatida nimalar oʻzgardi Oʻzbekistonda yoʻldosh internet operatorlari 5 yilga soliqlardan ozod qilinadi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi Ikkiyoqlama soliq solishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisidagi bitimlar qanday qoʻllaniladi

Kadastr pasportlarini berish muddatlari oʻzgartirildi

30.05.2025

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 27.05.2025 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasining «Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni e’tirof etish toʻgʻrisida»gi Qonunini amalga oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar haqida»gi 330-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan Koʻchmas mulk ob’yektiga kadastr pasportini berish boʻyicha davlat хizmatlari koʻrsatishning ma’muriy reglamentiga oʻzgartirishlar kiritilmoqda. Shunday qilib, pasportni tayyorlash muddati uzaytirilmoqda. Xususan, u ob’yektning murakkabligiga qarab:

• koʻp kvartirali uylardagi kvartiralar uchun - 5 ish kunigacha;

• yakka tartibdagi uy-joy uchun - 8 ish kunigacha boʻlgan muddatda tayyorlanadi.

 

Koʻchmas mulk ob’yektlarining yashash uchun moʻljallanmagan qismi va umuman koʻp kvartirali uy boʻyicha:

• umumiy maydonda:

- 100 kv. metrgacha - 8 ish kuni;
- 100 dan 1000 kv. metrgacha - 10 ish kunigacha;
- 1000 dan 5 000 kv. metrgacha - 15 ish kunigacha;
- 5000 dan 15 000 kv. metrgacha - 20 ish kunigacha;
- 15000 dan 50 000 kv. metrgacha - 26 ish kunigacha;
- 50 000 kv. metrdan ortiq boʻlganda - 35 ish kunigacha muddatda tayyorlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 28.05.2025 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev