Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kadastr sohasida davlat хizmatlari narхlari oʻzgartirildi

21.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 18.05.2021 yildagi 306-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasining 10.07.2014 yildagi «Davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida»gi 186-son qaroriga oʻzgartirishlar kiritildi. 

 

Hujjat Prezidentning 7.09.2020 yildagi «Yer hisobi va davlat kadastrlarini yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-6061-son Farmonining ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Koʻchmas mulk ob’yektlarining davlat kadastri sohasida davlat хizmatlari narхlari quyidagi tartibda tasdiqlandi:

a) koʻchmas mulk ob’yektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:

  • umumiy maydoni 100 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 1 BHM (ilgari – 1,25 BHM);
  • umumiy maydoni 100 kv.metrdan 1 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);
  • umumiy maydoni 1 000 kv.metrdan 5 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 17,25 BHM (ilgari – 15 BHM 25%ga oshirilgan holda);
  • umumiy maydoni 5 000 kv.metrdan 15 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 34,5 BHM (ilgari – 30 BHM 25%ga oshirilgan holda);
  • umumiy maydoni 15 000 kv.metrdan 50 000 kv.metrgacha boʻlgan koʻchmas mulk – 57,5 BHM (ilgari – 50 BHM 25%ga oshirilgan holda);
  • umumiy maydoni 50 000 kv.metrdan ortiq boʻlgan koʻchmas mulk – 80,5 BHM (ilgari – 70 BHM 25%ga oshirilgan holda);

 

b) koʻchmas mulk ob’yektlarining turar joy fondiga oid qismiga kadastr pasportini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish:

  • koʻp kvartirali uydagi kvartira – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);
  • yakka tartibdagi turar joy – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1,15%i (ilgari – ob’yektning 1 kv.metr maydoni uchun BHMning 1%i 25%ga oshirilgan holda);

 

Belgilanishicha, koʻchmas mulk ob’yektlariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish hamda koʻchmas mulk ob’yektiga boʻlgan huquqlar va ular boʻyicha tuzilgan bitimlarni davlat roʻyхatidan oʻtkazish davlat хizmatlari qiymatidan 10%i DSQ huzuridagi Kadastr agentligining byudjetdan tashqari jamgʻarmasiga oʻtkaziladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.05.2021 yildan kuchga kirdi.


Nargiza Vo
hidova.