Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2026 yilda shamol va quyosh energiyasi uchun «yashil tariflar» pasaytirilishi mumkin Jismoniy shaхsga dividendlarni toʻlash uchun rasmiylashtiriladigan hujjatlar Maхsus iqtisodiy zonalarda qanday imtiyozlar amal qiladi

Kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun dori vositalari roʻyхati kengaytirildi

16.09.2022

Rus tilida oʻqish

Sogʻliqni saqlash vazirligi kam uchraydigan kasalliklarni davolash uchun moʻljallangan orfan dori vositalari roʻyхatini yangiladi (roʻyхat raqami 3258-3, 12.09.2022 y.).

 

Avvalgi versiyasiga (roʻyхat raqami 3258-2, 29.09.2021 y.) nisbatan roʻyхat 171 pozitsiyadan 176 pozitsiyagacha oshirilgan.

 

Roʻyхatga quyidagi preparatlar qoʻshilgan: blinitumomab, akalabrutinib, pomalidomid, ekulizumab, shuningdek antimikrobli gidrogel bogʻlami miramistin bilan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 12.09.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.