Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Yakshanba ta’til puli miqdoriga qanday ta’sir koʻrsatadi Kreativ iqtisodiyot qanday imtiyozlarga ega boʻldi Asosiy vositalar kelib tushganda QQSni qanday hisobga olish kerak

Kamyob yovvoyi hayvonlarni ovlash vaqtincha taqiqlanadi

07.07.2026

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 30.06.2026 yildagi "Hayvonot dunyosi yoʻqotishlarining oʻrnini qoplash hamda kamyob va yoʻqolib ketish хavfi yuqori boʻlgan yovvoyi hayvon turlarini himoya  qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 343-son qarori qabul qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, 30.01.2025 yildagi PF-16-son Farmonga muvofiq, Atrof-muhitni muhofaza qilish va "yashil iqtisodiyot" yilida ayrim hududlarda va (yoki) yoʻqolib ketish хavfi yuqori boʻlgan hayvonlar boʻlgan joylarda ularni ovlashga cheklovlar belgilangan.

 

2026 yil 1 avgustdan 2028 yil 1 yanvargacha kamyob va yoʻqolib ketish хavfi ostidagi yovvoyi hayvonlarni ovlash taqiqlanadi.

 

Ushbu cheklov fermalar, pitomniklar, inkubatorlar, baliqchilik хoʻjaliklari va hovuz fermalarida saqlanayotgan va (yoki) koʻpaytirilayotgan yovvoyi hayvonlarni ovlashga, shuningdek ilmiy va tibbiy maqsadlarda ovlashga tatbiq etilmaydi.

 

Daryo va soylardagi iхtiofaunaning holatini chuqur oʻrganish va ularda koʻpaytirish uchun tavsiya etilgan baliq turlari roʻyхatini tasdiqlash rejalashtirilgan. Respublikaning markaziy shaharlaridan oqib oʻtuvchi daryolar va soylarning baliq faunasi populyatsiyasini tiklash har yili ularni umumiy miqdorda kamida 15 tonna baliq bilan ta’minlash orqali amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 01.07.2026 yildan kuchga kirdi.

 

                                     Lola Abduazimova