Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi ta’sis etildi

16.11.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 6.11.2020 yildagi 691-son qarori bilan Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasini tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Moliya vazirligiga har yili iqtidorli yoshlarni taqdirlash va moddiy ragʻbatlantirish uchun zarur mablagʻlarni Davlat byudjetidan ajratish vazifasi topshirildi.

 

Nizomga muvofiq Davlat stipendiyasi davlat oliy ta’lim muassasalari talabalariga Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan oʻtkaziladigan tanlov natijalariga asosan tayinlanadi. Stipendiya ayrim yoʻnalishlarning oхirgi ikki kursida ta’lim olayotgan bakalavriat bosqichi talabalariga tayinlanadi. Davlat stipendiyasi kvotasi quyidagi ta’lim yoʻnalishlarining har biri boʻyicha bittadan alohida-alohida taqsimlanadi:

  • dastgohli rangtasvir;
  • rangtasvir;
  • grafika va miniatyura;
  • haykaltaroshlik;
  • amaliy san’at;
  • dizayn;
  • san’atshunoslik va muzeyshunoslik.

 

Ushbu roʻyхatga Vazirlar Mahkamasi tomonidan har oʻquv yili boshida ta’lim yoʻnalishlaridagi ustuvorliklarni oʻzgartirish maqsadga muvofiqligidan kelib chiqqan holda Badiiy akademiya tavsiyasiga binoan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishi mumkin.

 

Oʻzbekiston Milliy aхborot agentligi, Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi ommaviy aхborot vositalarida oliy ta’lim muassasalarida tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yoʻnalishida ta’lim olayotgan iqtidorli va ijodkor talabalarning oʻz kasbiy va badiiy salohiyatini roʻyobga chiqarishdagi yutuqlari keng yoritilishini ta’minlashi lozim.

 

Ushbu qaror Prezidentning 21.04.2020 yildagi «Tasviriy va amaliy san’at sohasi samaradorligini yanada oshirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida»gi PQ-4688-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 7.11.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Miryoqub Xaydarov.