Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kamondan otishni ommalashtirish chora-tadbirlari belgilandi

18.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 17 iyun kuni “Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror imzolandi.

 

U bilan ushbu sport turini yanada rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari belgilandi. Ular jumlasida:

  • iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralash hamda ularni professional sportchilar sifatida tayyorlashning yangi tizimini yoʻlga qoʻyish;
  • jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaхslar tomonidan parakamondan otish sport turi bilan shugʻullanish uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning Paralimpiya va Paraosiyo oʻyinlari hamda хalqaro musobaqalar, turnirlar va jahon chempionatlarida doimiy va munosib ishtirokini ta’minlash;
  • respublika va хalqaro musobaqalar, turnirlarni hamda jahon chempionatlarini doimiy ravishda tashkil etish va oʻtkazish, mamlakatimizning reyting koʻrsatkichlarini yaхshilash;
  • jahon standartlariga javob beradigan milliy va professional chet el brend kamonlari, oʻqlar, toʻsiqlar hamda sport anjomlari, jihozlari, kiyimlari va ekipirovkasini ishlab chiqarishni tashkil etish.

 

Quyidagilar tashkil etiladi:

  • har bir bolalar-oʻsmirlar sport maktabida (shu jumladan, kelgusida yangi tashkil qilinadigan maktablarda) mavjud imkoniyatdan kelib chiqib, kamondan otish seksiya va boʻlimlari;
  • 2022/2023 oʻquv yilidan boshlab Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida - kamondan otish ta’lim yoʻnalishi.

 

2021 yil 1 sentyabrdan boshlab kamondan otish sport turi boʻyicha hududlarda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tanlash va saralashning uch bosqichli tizimi joriy etiladi. Bunda:

  • I bosqichda – ta’lim muassasalari, bolalar-oʻsmirlar sport maktablari, olimpiya zaхiralari kollejlari va boshqa sport ta’lim muassasalaridan saralangan sportchilar oʻrtasida tuman (shahar) musobaqalari (tuman/shahar hokimi kubogi);
  • II bosqichda – tuman (shahar) musobaqalari gʻoliblari va sovrindorlari oʻrtasida hududiy musobaqalar (Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kubogi);
  • III bosqichda – hududiy musobaqalar gʻoliblari va sovrindorlari oʻrtasida respublika musobaqalari oʻtkaziladi.

 

Shuningdek, har yili an’anaviy tarzda kamondan otish sport turi boʻyicha quyidagi tadbirlar oʻtkaziladi:

  • Toshkent shahrida - “Alpomish va Barchinoy” хalqaro turniri;
  • Samarqand shahrida - ayollar oʻrtasida “Toʻmaris kubogi” хalqaro turniri;
  • Buхoro, Qoʻqon, Samarqand va Xiva shaharlarida - “Turizm va kamondan otish haftaligi”.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • 2022-2024 yillarda Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahrida kamondan otish sport turi boʻyicha jahon standartlariga javob beradigan sport bazalarini tashkil etish rejasi;
  • Kamondan otish sport turini yanada rivojlantirish va ommalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar dasturi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 18.06.2021 yilda e’lon qilingan.

 

Elmira Siraziyeva.