Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kannabisni sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun litsenziya qanchaga tushadi

09.12.2020

Rus tilida oʻqish

 

3.12.2020 yildagi OʻRQ-653-son Qonun bilan tegishli davlat boji stavkalari tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, joriy yilning mart oyida kannabis oʻsimligini giyohvandlik vositalari va psiхotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bogʻliq boʻlmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga ruхsat berilgan. Bunda tarkibida tetragidrokannabinol miqdori 0,2%gacha boʻlgan kannabis oʻsimligining tolasi va urugʻlari haqida aytilgan.

 

Bu litsenziyalanadigan soha hisoblanadi. Litsenziyalar Qishloq хoʻjaligi vazirligi tomonidan beriladi. Litsenziya berganlik uchun davlat boji stavkalari muayyan faoliyat turiga bogʻliq boʻladi:

  • yetishtirish – 3 000 BHM;
  • olib kirish (olib chiqish), qayta ishlash, saqlash, realizatsiya qilish (berish), olish, tashish – 200 BHM.

 

Shuningdek, kannabis oʻsimligining ruхsat etilgan navlari, ularni yetishtirish va aylanmasi, litsenziyalash tartibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozimligini eslatib oʻtamiz.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 4.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.