Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Kurs farqlarini qanday hisobga olish va soliqqa tortish mumkin: Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi va Soliq qoʻmitasining javobi Bolani parvarishlash ta’tili davrida nafaqa qanday toʻlanadi MChJ ustav fondini jamiyat mulki hisobiga oshirish tartibi MChJ ustav fondini jamiyat mulki hisobiga oshirish tartibi

Karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyхati kengaytirildi

24.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi oʻsimliklar karantini davlat inspeksiyasi tomonidan Qishloq va suv хoʻjaligi vazirligi hamda Sogʻliqni saqlash vazirligining qarori (roʻyхat raqami 2543, roʻyхat raqami 2544, 26.12.2013 y.) bilan tasdiqlangan Respublikada karantindagi zararkunandalar, oʻsimlik kasalliklari va begona oʻtlarning roʻyхatiga (roʻyхat raqami 2544-1, 22.12.2020 y.) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

«Oʻsimliklar karantini toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq hujjat Oʻzbekiston Respublikasi uchun karantin ahamiyatiga ega boʻlgan zararli organizmlar roʻyхati deb qayta nomlandi. Unga quyidagi guruhlar kiritildi:

 

Oʻzbekiston Respublika hududida uchramaydigan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

a) zararkunandalar – 88 nomdagi;

b) oʻsimlik kasalliklari:

- zamburugʻ kasalliklari – 16 turdagi;

- nematodalar – 5 turdagi;

- bakterial kasalliklar – 11 turdagi;

- virus kasalliklari – 24 turdagi;

v) begona oʻtlar – 36 nomdagi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining ayrim hududlarida tarqalgan oʻsimliklar karantinidagi zararli organizmlar:

a) zararkunandalar – 7 turdagi;

b) begona oʻtlar – 3 turdagi.

 

Oʻsimliklar karantini – qishloq хoʻjaligiga va boshqa oʻsimliklar dunyosiga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan oʻsimliklar karantini ob’yektlari kirib kelishining, tarqalishining oldini olishga hamda bunday ob’yektlarni bartaraf etishga qaratilgan tadbirlar majmui.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.12.2020 yildan kuchga kirdi.
 

Lola Abduazimova.