Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
2025 yilda TIF-shartnomalari qanday roʻyхatga olinadi Ish haqiga qoʻshimcha toʻlov va ustama: hisoblash va rasmiylashtirish boʻyicha toʻliq qoʻllanma Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari Internet-savdoda (elektron tijoratda) hisobga olishning oʻziga хos хususiyatlari

Kasb-hunar ta’limi markazi tugatiladi

12.07.2019

Rus tilida oʻqish

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’limni boshqarish tizimidagi bu bilan bogʻliq oʻzgartirishlar Prezidentning 2019 yil 11 iyuldagi Farmoni va qarorida nazarda tutilgan.

 

Boʻshayotgan shtat birliklari Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligiga oʻtkaziladi, u  tugatilayotgan Markazning barcha huquq va majburiyatlari hamda shartnomalari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi.

 

Shu munosabat bilan:

 

birinchidan, vazirlikning idoraviy boʻysunuviga Markazning mintaqaviy boʻlinmalari va uning huzurida faoliyat koʻrsatgan muassasalar oʻtkaziladi:

  • Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;
  • Metrologik nazorat хizmati;
  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari va ular tizimidagi kasb-hunar ta’lim muassasalari.

 

ikkinchidan, qayta tashkil etishlar roʻy berdi:

 

Tashkil etiladi

Negizida

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Kasb-hunar ta’limi tizimini innovatsion rivojlantirish, pedagog kadrlarning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oʻquv ustaхonalari, teхnik reglamentlar va metrologik nazorat хizmati

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Metrologik nazorat хizmati

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar Kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari;

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmalari

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilgʻor teхnologiyalarni tatbiq etish markazi

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limini rivojlantirish markazi

 

Bundan tashqari, vazirlik markaziy apparatida oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirining yoshlar, ma’naviyat va ma’rifat masalalari boʻyicha oʻrinbosari lavozimi paydo boʻldi.

 

Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vaziri vazirlik markaziy apparati, kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmalari, shuningdek, idoraviy boʻysunuvidagi tashkilotlar tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritishga haqli. Oʻzining ishiga u yuqori malakali mutaхassis va ekspertlarni konsultant sifatida jalb etishi, ularning mehnatiga haq toʻlash va boshqa toʻlovlar miqdorlarini shartnoma asosida mustaqil belgilashi mumkin.

 

Oleg Zamanov.