Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kasb-hunar ta’limi sohasida yangi muassasalar tashkil etildi

06.02.2018

 

Prezidentning 3.02.2018 yildagi PQ–3504-son qarori bilan Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligining Kasb-hunar ta’limi markazi (Markaz), uning huzurida esa Innovatsion rivojlanish, kasb-hunar ta’limi tizimidagi pedagog kadrlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash instituti (Institut) tashkil etildi.

 

Markaz OOʻMTVning Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi negizida tashkil etilib, barcha huquqlar, majburiyatlar va shartnomalar boʻyicha uning huquqiy vorisi hisoblanadi. U kasb-hunar ta’limi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshirish bilan shugʻullanadi. Yaqinda kiritilgan oʻzgartirishlar nuqtai nazaridan kasb-hunar kollejlari tasarrufiga berilgan vazirliklar, idoralar, хoʻjalik birlashmalari, banklar va yirik korхonalar bilan hamkorlikda ushbu vazifani hal etadi (batafsil qarang).

 

Hujjat bilan Markaz, uning markaziy apparati, hududiy boʻlinmalari tashkiliy tuzilmasi va хodimlarining cheklangan soni tasdiqlangan.

 

Oʻz navbatida, Institut ikkita muassasa negizida tashkil etilmoqda:

 

1 – OOʻMTVning Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash instituti;

 

2 – OOʻMTVning Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi markazi huzuridagi Oʻrta maхsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarini aхborot-metodik ta’minlash хizmati. 

Unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

  • ta’lim dasturlari tuzilishi va mazmunini takomillashtirish yuzasidan muntazam ish olib borish, umumiy ta’lim uslubiyati doirasida ularning samaradorligi va moslashuvchanligini ta’minlash, yangi oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda ularni oʻquv jarayoniga joriy etish;
  • tizimdagi pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashning yangi shakl va usullarini joriy etish, zamonaviy ta’lim teхnologiyalaridan foydalangan holda pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini boshqarishning yangi vertikalini tashkil etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida rasman e’lon qilingan va 3.02.2018 yildan kuchga kirdi. 

Mazkur hujjatning toʻliq matni, sharhlar va u bilan bogʻliq boshqa qonun hujjatlariga havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

 

 Oleg Zamanov.