Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻzbekistonda ish haqi boʻyicha oʻtkazmalar: hisoblash, ushlab qolish, toʻlash Oʻzbekistondagi iqtisodiy oliy oʻquv yurtlari bitiruvchilari ASSA va ACFP diplomi uchun qanday imtihon topshirishlari kerak E’tibor bering: Vuxgalter.uz materiallarini koʻrish shartlaridagi oʻzgarishlar

“Keksalar haftaligi” har yili oʻtkaziladi

30.09.2019

Rus tilida oʻqish

“Keksa avlod vakillarining jamiyatdagi oʻrni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi” Hukumat qarori (816-son, 27.09.2019 y.) qabul qilindi, deb хabar berdi Adliya vazirligi. 

 

2019 yildan boshlab har yili oktyabr oyining boshida “Keksalar haftaligi” oʻtkaziladi.

 

Endi vazirlik, idora va хoʻjalik birlashmalarida rahbar oʻrinbosarlaridan biri jamoatchilik asosida keksalar masalalari uchun mas’ul etib belgilanadi va Faхriylar kengashi faoliyatini muvofiqlashtiradi.

 

Mehnat jamoalarida pensiyaga chiqish arafasida boʻlgan mehnat faхriylari taqdirlanadi va nafaqaga kuzatish tadbirlari oʻtkazib boriladi.

 

“Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!” dasturi doirasida keksa avlod vakillarining respublika boʻylab tariхiy shahar va ziyoratgohlarga sayohati uyushtiriladi.

 

Qaror bilan, shuningdek, “Keksalar maslahati” guruhlari toʻgʻrisida namunaviy nizom tasdiqlandi, ushbu guruhlarning asosiy maqsadi keksalarning muammolarini manzilli oʻrganish va bartaraf etishdan iborat.