Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Keksalar muammolari bilan Nuroniylar jamoatchilik kengashlari shugʻullanadi

27.05.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 23.05.2020 yildagi “Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda nuroniylar jamoatchilik kengashlarini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 326-son qarori qabul qilindi.

 

Prezidentning “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sogʻlomlashtirish, mahalla institutini yanada qoʻllab-quvvatlash hamda oila va хotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020 yil 18 fevraldagi PF-5938-son Farmonida qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar hamda tuman va shaharlarda Nuroniylar jamoatchilik kengashlari tashkil etiladi. Keksalarni qoʻllab-quvvatlash sohasiga oid qonun hujjatlarining ijrosini ta’minlashga koʻmaklashish, muammolarni monitoring va tahlil qilish, yolgʻiz keksalar, pensionerlar, nogironlar va boshqalarga taalluqli muammolar boʻyicha takliflar ishlab chiqish ularning asosiy vazifalari hisoblanadi;
  • Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vazirligining hududiy boʻlinmalari rahbarlari oʻrinbosarlari Nuroniylar jamoatchilik kengashlari raislari tomonidan tayinlanadi;
  • Nuroniylar jamoatchilik kengashlari toʻgʻrisidagi namunaviy nizom tasdiqlandi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.05.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.