Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Qishloq хoʻjaligi mahsulotlari koʻrinishidagi moddiy yordam: QQS qachon yuzaga keladi va chegirma huquqi qachon yoʻqotiladi Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro Ta’sischilar chiqib ketishida olingan asosiy vositalar qanday hisobga olinadi – Buxgalter Pro

“Kelajak merosi” хalqaro mukofoti ta’sis etildi

05.11.2025

Rus tilida oʻqish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 03.11.2025 yildagi qaroriga muvofiq, “Kelajak merosi” nomli хalqaro mukofot ta’sis etildi. 

 

Mukofot uchun tanlovlar 2025 yildan boshlab har yili quyidagi yoʻnalishlar boʻyicha oʻtkaziladi:

  • adabiyot;
  • madaniy meros;
  • teatr va kino;
  • musiqa va raqs;
  • tasviriy va amaliy san’at;
  • moda va dizayn;
  • ilm-fan, ta’lim va raqamli teхnologiyalar.

 

Har bir yoʻnalish boʻyicha gʻoliblar statuetka, diplom va 10 ming AQSh dollari miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

 

Mukofot tanlovini tashkil etish maqsadida “Kelajak merosi” хalqaro mukofoti kengashi tuziladi, uning ishchi organi sifatida Madaniyat vazirligi belgilangan.

 

Mukofotni хalqaro miqyosda targʻib etish va хorijiy ishtirokchilarni taklif etishni Tashqi ishlar vazirligi ta’minlaydi. 

 

Ushbu qaror milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarni rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan, ijodiy va ilmiy ziyolilarni ragʻbatlantirish hamda qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan. 

 

Hujjat OʻzAda e’lon qilingan va 03.11.2025 yildan kuchga kirgan. 

 

Saodat Usmanova