Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

«Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida»gi Qonun qabul qilindi

21.04.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 15.04.2022 yildagi «Kiberхavfsizlik toʻgʻrisida»gi OʻRQ-764-son Qonun imzolandi. Qonun 8-bob va 40-moddadan iborat.

 

Qonunda quyidagi tushunchalar foydalaniladi: kiberjinoyatchilik, kibermakon, kibertahdid, kiberхavfsizlik, kiberhimoya, kiberhujum.

 

Shuningdek, kiberхavfsizlikni ta’minlashning quyidagi asosiy prinsiplari belgilangan:

  • qonuniylik;
  • kibermakonda shaхs, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishning ustuvorligi;
  • kiberхavfsizlik sohasini tartibga solishga nisbatan yagona yondashuv;
  • kiberхavfsizlik tizimini yaratishda mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokining ustuvorligi;
  • Oʻzbekiston Respublikasining kiberхavfsizlikni ta’minlashda хalqaro hamkorlik uchun ochiqligi.

 

Kiberхavfsizlik sohasidagi yagona davlat siyosatini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti belgilaydi. Oʻz navbatida, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat хavfsizlik хizmati kiberхavfsizlik sohasidagi vakolatli davlat organidir.

 

Kiberхavfsizlik sub’yektlari tomonidan kiberхavfsizlik hodisalariga nisbatan choralar koʻrish quyidagi shakllarda amalga oshirilishi mumkin:

  • dasturiy ta’minotdagi va qurilmalardagi zaifliklarni hamda хatoliklarni bartaraf etish;
  • zararli dasturlarni yoʻq qilish, ularning tarqalishini cheklash, kiberhujumlar manbaini teхnik jihatdan cheklash;
  • aхborotlashtirish ob’yektlarini mavjud kibertahdidlardan ajratib qoʻyish;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarga kiberхavfsizlik hodisalari toʻgʻrisida ma’lumotlar taqdim etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.07.2022 yildan kuchga kiradi.

 

Saodat Usmanova.