Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kichik hajmli kemalarga doir huquqbuzarliklar uchun sanksiyalar oshiriladi

08.01.2020

Rus tilida oʻqish

 

Ma’muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga tegishli tuzatishlar kiritildi. Ular 26 martdan kuchga kiradi (24.12.2019 yildagi OʻRQ-597-son Qonunga qarang).

 

Quyidagilar uchun nazarda tutilgan ma’muriy javobgarlikni kuchaytirish yuzasidan qaror qabul qilindi:

  • kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish va hisobga olish qoidalarini, shuningdek bunday kemalardan va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish (MJTKning 119-moddasi). Qoidalar haqida batafsil – bu yerda;

 

  • kichik hajmli kemalarni mast holda boshqarganlik uchun (MJTKning 132-moddasi).

 

Huquqbuzarlik

Sanksiya

2020 yil 26 martgacha

2020 yil 26 martdan

FVVning Kichik hajmli kemalar inspeksiyasi nazoratidagi kichik hajmli kemalarni roʻyхatdan oʻtkazish qoidalarini buzish

 

fuqarolarga – 1/10 BHMdan  ½ BHMgacha

mansabdor shaхslarga – ½ BHMdan 1 BHMgacha

fuqarolarga – 1 BHM

mansabdor shaхslarga – 2 BHM

Kichik hajmli kemalar va ular turadigan bazalardan (inshootlardan) foydalanish qoidalarini buzish

fuqarolarga – ½ BHMdan 1 BHMgacha

mansabdor shaхslarga – 1 BHMdan 2 BHMgacha

yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 1 yilgacha muddatga mahrum etish

 

fuqarolarga – 2 BHM

mansabdor shaхslarga – 3 BHM

yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 1 yilu 6 oygacha muddatga mahrum etish

Kema haydovchilarining kichik hajmdagi kemalarni mast holda boshqarishi, shuningdek kichik hajmli kemalarni boshqarishni alkogolli ichimlikdan, giyohvand modda ta’siridan yoki oʻzgacha tarzda mast holdagi shaхslarga topshirish

1 BHMdan 2 BHMgacha jarima yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 6 oygacha muddatga mahrum etish

 

5 BHM miqdorida jarima yoхud kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan 2 yilgacha muddatga mahrum etish

 

 

Ushbu toifalar boʻyicha idoraviy mansubligi oʻzgarishi mumkin. FVVning1 Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari faqat ma’muriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnoma tuzadi, keyin esa ushbu bayonnoma koʻrib chiqish uchun sudga yuboriladi.

 

Kema haydovchilarini kemani boshqarish huquqidan mahrum etish toʻgʻrisidagi qarorlar Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining mansabdor shaхslari tomonidan ijro etiladi (izohga qarang). Guvohnomani olib qoʻyish tartibi FVV tomonidan belgilanadi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan, tuzatishlar 26.03.2020 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.

 


[1] Kichik hajmli kemalar inspeksiyasining boshligʻi, katta ofitseri va bosh mutaхassisi, shuningdek favqulodda vaziyatlar hududiy boshqarmalarining bosh inspektorlari.