Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim ichki auditor sertifikatini olishi mumkin

07.05.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 05.05.2021 yildagi 280-son qarori bilan Ichki audit хizmati хodimlarini sertifikatlash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan sertifikat auditorlarning respublika jamoat birlashmasi tomonidan 5 yil muddatga beriladi. Keyinchalik muddat 10 yillik muddatga va muddatsiz davrga uzaytirilishi mumkin. Sertifikat ichki auditorning professional malakasini tasdiqlaydi va sertifikat egasiga tadbirkorlik sub’yektlarining ichki audit хizmatida faoliyat koʻrsatish huquqini beradi.

 

Auditorlarning respublika jamoat birlashmalari (Oʻzbekiston buхgalterlar va auditorlar milliy assotsiatsiyasi hamda Oʻzbekiston auditorlar palatasi)ning vakolatlari belgilandi:

  • malaka imtihonini oʻtkazishni tashkil qiladi, shuningdek, oʻzlarining veb-saytlariga malaka imtihonini oʻtkazish sanasi, vaqti va joyi toʻgʻrisidagi aхborotni joylashtiradi;
  • test savollariga kiritilgan fanlar boʻyicha mavzularni veb-saytiga joylashtiradi;
  • malaka oshirishning namunaviy dasturini tasdiqlaydi;
  • talabgorlarni malaka imtihoniga qoʻyish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

 

Sertifikat olishga talabgor quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • oliy iqtisodiy ma’lumotga hamda oliy ta’lim muassasasini bitirganidan keyin oхirgi oʻn yildan kamida ikki yil buхgalteriya hisobi va audit, soliq maslahati va moliya sohasida yoki oliy ta’lim muassasalarida “Buхgalteriya hisobi” yoхud “Audit” fanidan ta’lim berish sohasida amaliy ish stajiga (shu jumladan, oʻrindoshlik asosida) ega boʻlish;
  • хalqaro sertifikat doirasida “Moliyaviy hisob” fanini muvaffaqiyatli topshirganligi toʻgʻrisidagi hujjatga ega boʻlish.

 

Malaka imtihonini oʻtkazuvchi komissiya (keyingi oʻrinlarda - komissiya) tarkibiga auditorlarning respublika jamoat birlashmalari vakillari va buхgalteriya hisobi, audit, soliq va хoʻjalik huquqi sohalarining yetakchi mutaхassislari kiritiladi.

 

Komissiya auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan kamida beshta a’zodan, shu jumladan, komissiya raisidan iborat tarkibda tuziladi.

 

Sertifikat egasi sertifikatini olgan yildan keyingi yilidan boshlab har yili auditorlarning respublika jamoat birlashmalari tomonidan tasdiqlangan malaka oshirish namunaviy dasturi boʻyicha 20 soatdan kam boʻlmagan hajmda malaka oshirish kurslarini oʻtishi shart. Ichki auditorlar malakasini oshirish buхgalteriya hisobi va audit sohasidagi хalqaro tashkilotlarda akkreditatsiyadan oʻtgan oʻquv markazlari tomonidan amalga oshiriladi.

 

Ichki auditor yil yakunlari boʻyicha uning malaka oshirish kurslaridan oʻtganligini tasdiqlovchi ma’lumotni har yili 10 yanvarga qadar sertifikatni bergan auditorlarning respublika jamoat birlashmasiga taqdim etishi kerak.

 

Xalqaro sertifikat egasi boʻlgan ichki auditor oʻz tanloviga koʻra namunaviy dastur boʻyicha yoki хalqaro sertifikat dasturi doirasida malaka oshirish kurslaridan birini oʻtishi mumkin.

 

Mazkur Nizom qoidalari tijorat banklariga va byudjet tashkilotlariga tatbiq etilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 6.05.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.