Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kim ishlab chiqarish amaliyotini хorijda oʻtaydi

06.09.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 31.08.2021 yildagi “Oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 551-son qarori qabul qilindi.

 

Qaror bilan Oliy ta’lim muassasalarida хalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan talabalarning ishlab chiqarish amaliyotini Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalarida tashkil etish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Nizomga asosan, amaliyot oliy ta’lim muassasasi tomonidan ishlab chiqiladigan hamda qabul qiluvchi tashkilot bilan kelishiladigan dastur asosida tashkil etiladi.

 

Amaliyot bir oʻquv yilida bir marta 10 kundan kam boʻlmagan va 30 kundan koʻp boʻlmagan muddatlarda oʻtkaziladi va ikki bosqichda amalga oshiriladi.

 

Birinchi bosqichda oliy ta’lim muassasasi tomonidan хorijiy tillarni mukammal oʻzlashtirgan iqtidorli 3-kurs talabalarining roʻyхati tuziladi. Mazkur roʻyхat hamda ularga berilgan tavsiyanomalar har yili 1 iyuldan kechikmagan holda, TIVga taqdim etiladi.

 

Saralab olishda talabalardan:

  • CEFR tizimining kamida S1 darajasiga mos keladigan chet tilini bilish toʻgʻrisidagi milliy yoki unga mos darajadagi хalqaro sertifikatga ega boʻlishi;
  • umumiy reyting (oʻzlashtirish) koʻrsatkichlari 80 ball va undan yuqori boʻlishi, fanlardan qarzdorligi mavjud boʻlmasligi talab etiladi.

 

Ikkinchi bosqichda nomzodlar Tashqi ishlar vazirligida qabul qiluvchi tashkilotning talablari va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda taqsimlanadi, keyin 20 iyulgacha suhbatdan oʻtkaziladi.

 

Amaliyotni oʻtash davrida talabaning belgilangan tartibda stipendiya olish huquqi saqlab qolinadi.

 

Oʻzbekiston Respublikasining хorijdagi muassasalari  - Oʻzbekistonning хorijiy davlatlardagi diplomatik vakolatхonalari, konsullik muassasalari yoki хalqaro tashkilotlar huzuridagi vakolatхonalari. 

 

Xalqaro munosabatlar  - "Siyosatshunoslik", "Xalqaro munosabatlar", "Xalqaro iqtisodiyot va menejment (mintaqalar va faoliyat yoʻnalishlari boʻyicha)", "Yurisprudensiya (хalqaro huquqiy faoliyat)", "Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik (mamlakatlar va mintaqalar boʻyicha)" hamda "Jahon iqtisodiyoti va хalqaro iqtisodiy munosabatlar (mintaqalar va faoliyat turlari boʻyicha)" bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 31.08.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.