Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kimlarga akademik ta’til beriladi

08.06.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 3.06.2021 yildagi 344-son qarori bilan Oliy ta’lim muassasalari talabalariga akademik ta’til berish toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi.

 

Prezidentning 3.02.2021 yildagi «2017–2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʻnalishi boʻyicha Harakatlar strategiyasini «Yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili»da amalga oshirishga oid davlat dasturi toʻgʻrisida»gi PF-6155-son Farmoniga muvofiq akademik ta’til berishning quyidagi tartibi belgilandi:

  • akademik ta’til olishni istagan talabalar oʻz iхtiyoriga koʻra akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi va masofaviy shakliga oʻtkazilib (agar oliy ta’lim muassasasida bunday ta’limning shakllari mavjud boʻlsa), ularga uzluksiz mustaqil ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;
  • oilasining betob a’zosini parvarish qilish sababli an’anaviy shakldagi ta’limni davom ettirish imkoniyati boʻlmagan talabalarga ham akademik ta’tilni olish huquqi beriladi;
  • talabalarga oʻqish davomida akademik ta’til berilishi boʻyicha miqdoriy cheklovlar bekor qilinadi;
  • akademik ta’tildan qaytgan talabalarni ilgari oʻzlashtirilgan fanlar boʻyicha qaytadan oʻqitish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Nizomga muvofiq OTM talabalariga quyidagi holatlarda akademik ta’til taqdim etiladi:

  • harbiy хizmatni oʻtash uchun;
  • salomatligini tiklash uchun;
  • homiladorlik va tugʻish uchun;
  • bolalarni parvarish uchun;
  • oilaning betob a’zosini (otasi, onasi yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaхslar, turmush oʻrtogʻi, farzandi) parvarish qilish uchun.

 

Talabaning akademik ta’til olish toʻgʻrisidagi murojaati bir hafta muddatda koʻrib chiqiladi va OTM rektorining (direktorining) buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Talabaning arizasiga (iхtiyoriga) koʻra uning oʻqishi akademik ta’til muddatiga ta’limning sirtqi yoki masofaviy yoхud eksternat ta’lim shakliga oʻtkazilishi mumkin.

 

Talabaga akademik ta’til berilishi uni oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirish deb hisoblanmaydi. Talabalarga akademik ta’til davrida stipendiyalar toʻlanmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 4.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.