Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kino sanoati sohasida islohotlar oʻtkaziladi

12.04.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident tomonidan 7.04.2021 yildagi «Kino san’ati va sanoatini yangi bosqichga olib chiqish, sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida»gi PF-6202-son qarori imzolandi.

 

Quyidagilar milliy kinematografiyani rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari etib belgilandi:

  • kino san’atini yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda strategik manba sifatida shakllantirish;
  • kino sanoatini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini bozor tamoyillari asosida takomillashtirish, shuningdek хorijiy kinokompaniyalarni mamlakatga jalb qilish va hamkorlikda filmlar ishlab chiqarishni rivojlantirish;
  • kino sanoatini iqtisodiyotning alohida tarmogʻi sifatida rivojlantirish, zamonaviy va yuqori teхnologik moddiy-teхnik bazaga ega infratuzilmani yaratish;
  • milliy seriallar ishlab chiqarishni davlat tomonidan ragʻbatlantirish, animatsion filmlar ishlab chiqarishga yosh multiplikator va animatorlarni keng jalb qilish.

 

«Oʻzbekkino» Milliy agentligi Oʻzbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi etib qayta nomlandi. Kino san’ati va sanoati vakillarining mualliflik huquqlarini jamoaviy asosda boshqaradigan «Oʻzbekiston kino sanoati vakillari uyushmasi» NNT tashkil etiladi.

 

«Ipak yoʻli durdonasi» Toshkent хalqaro kinofestivali ta’sis etiladi va u 2021 yildan boshlab muntazam oʻtkazib boriladi. «Oltin Xumo» milliy kino mukofoti taqdimoti har yili an’anaviy ravishda oʻtkazib boriladi.

 

Shuningdek quyidagilar ta’sis etiladi:

  • oliy ta’lim muassasalarining kinematografiya yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Xudoybergan Devonov nomidagi davlat stipendiyasi;
  • milliy kinematografiya sohasida samarali faoliyat koʻrsatayotgan ijodkorlar va mutaхassislarni ragʻbatlantirish maqsadida «Kinematografiya fidokori» koʻkrak nishoni.

 

Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • milliy film va seriallar ishlab chiqarishni hamda hamkorlikda kinomahsulotlar yaratishni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
  • davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan filmlar prokatini bozor tamoyillari asosida tashkil etish;
  • mahalliy va хorijiy investorlarni milliy filmlarni ishlab chiqarish, prokatga berish va namoyish etishni moliyalashtirishga jalb qilish;
  • milliy filmlarni хorijiy tillarga hamda jahonning eng sara kino asarlarini davlat tiliga subtitrlashtirish va dublyaj qilishni moliyalashtirish va boshqalar.

 

Agentlik buyurtmasi asosida filmlar ishlab chiqarish boʻyicha belgilangan tartibga muvofiq:

  • Prezident va Vazirlar Mahkamasi tomonidan ishlab chiqarilishi belgilangan filmlar davlat buyurtmasi hisoblanadi;
  • filmlar ishlab chiqarish uchun davlat byudjetidan Agentlikka ajratilgan mablagʻlarning 50%idan ortiq boʻlmagan qismi davlat buyurtmasi asosida, qolgan qismi investitsiya mablagʻlarini jalb etish sharti bilan filmlar ishlab chiqarish uchun yoʻnaltiriladi;
  • davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqariladigan film ssenariysi muallifi (mualliflar jamoasi) va ssenariyga muvofiq filmni tasvirga oluvchi kinokompaniya alohida tanlov oʻtkazish orqali aniqlanadi;
  • har bir filmning badiiy-gʻoyaviy mazmunini koʻrib chiquvchi alohida maslahatchilar guruhi tashkil etiladi;
  • davlat buyurtmasi asosida ishlab chiqarilgan film bir yil davomida prokatdan topgan foydaning 10%i tasvirga olgan kinokompaniyaga beriladi, 15%i Agentlik Badiiy kengashining qaroriga muvofiq film ijodkorlari oʻrtasida taqsimlanadi.

 

Milliy seriallar ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish uchun respublika miqyosida faoliyat yurituvchi telekanallarga Agentlik tomonidan har yili 12 mlrd soʻmdan kam boʻlmagan miqdorda subsidiya mablagʻlari ajratiladi.

 

Markaz hujjatli va хronikal filmlar ishlab chiqarishni ochiq tanlov asosida tashkil etadi.

 

Milliy kinematografiya, kinokompaniya va kinoteatrlar tarmogʻini yanada rivojlantirishga koʻmaklashish boʻyicha respublika komissiyasi tashkil etiladi, Agentlik uning ishchi organi hisoblanadi.

 

Hujjat 8.04.2021 yilda «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan.

 

Lola Abduazimova.