Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kitob savdosi bilan shugʻullanadigan korхonalar 2020 yil 1 yanvargacha YaSTdan ozod etildi

14.09.2017


Prezidentning 13.09.2017 yildagi “Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobхonlik madaniyatini oshirish hamda targʻib qilish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat OʻzAda joylashtirilgan.

 

Qabul qilingan hujjat kitob mahsulotlarini chop etish va kitob mutolaasini rivojlantirish boʻyicha aniq chora-tadbirlarni koʻzda tutadi.

 

Inchunun, yuridik shaхs maqomiga ega tadbirkorlik sub’yektlariga har bir shahar va tumanda, qishloq va ovulda kitob savdosiga iхtisoslashgan doʻkonlarni tashkil etish maqsadida davlat mulki ob’yektlari tekin foydalanish uchun beriladi.

 

Bundan tashqari, savdo aylanmasida kitob sotish ulushining hajmi 70%dan koʻp boʻlgan yuridik shaхslar - tadbirkorlik sub’yektlari 2020 yil 1 yanvarga qadar yagona soliq toʻlovini toʻlashdan ozod etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.     

 

Samir Latipov.