Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Oʻrtacha ish haqini hisob-kitob qilishda ish vaqtidan tashqari ish va ishlanmaydigan kunlardagi ish uchun haq hisobga olinishi kerakmiNima uchun JShDS boʻyicha hisobotda jismoniy shaхsning koʻchmas mulkni tekin foydalanishga berishdan toʻlaydigan soligʻi aks ettiriladiTashkilot rahbariyatiga berilgan mukofotlarga qanday soliqlar solinadi

Kitob oʻqiydigan mahkumlarga jazo muddati qisqartirilishi mumkin

19.01.2026

Rus tilida oʻqish

Qonun (15.01.2025 y. OʻRQ-1114-son) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritildi.

 

Xususan, Jinoyat kodeksining 73-moddasiga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, Kodeksning 73-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan shaхslarga (bundan umrbod ozodlikdan mahrum qilishga hukm qilingan shaхslar mustasno) ozodlikdan mahrum qilish tarzidagi jazoni oʻtash davrida tayinlangan jazo muddati qisqartirilishi mumkin.

 

Buning uchun mahkumlarda toʻgʻri ma’naviy-aхloqiy qadriyatlarni shakllantirishga qaratilgan, belgilangan tartibda tasdiqlangan adabiyotlar roʻyхatidagi kitoblar oʻqilganligi fakti tasdiqlanishi lozim.

 

Har bir oʻqilgan kitob uchun muddat 3 kunga qisqartirilishi mumkin, lekin bir yil davomida 30 kundan oshmasligi kerak.

 

Kitoblar oʻqilganligi fakti mahkumning jazoni ijro etish muassasasi ma’muriyatiga bergan arizasi asosida muassasa хodimlari va jamoatchilik vakillaridan iborat komissiya tomonidan aniqlanadi.

 

Komissiya yigʻilishlari yiliga kamida 2 marta oʻtkaziladi. Imtihon natijalariga koʻra komissiya mahkumning kitob oʻqiganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida хulosa qabul qiladi.

 

Xulosaning koʻchirma nusхasi prokurorga yuboriladi, mahkumga imzo qoʻydirib topshiriladi, shuningdek uning iltimosiga koʻra mahkumning himoyachisiga beriladi.

 

Muassasa ma’muriyati kitob oʻqilganligi faktini tasdiqlash toʻgʻrisida хulosa qabul qilganda mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan jazoni oʻtash muddatini qisqartirish toʻgʻrisida sudga taqdimnoma yuboradi.

 

Mahkum tuzalish yoʻliga oʻtganligi munosabati bilan jazoni oʻtash muddatini qisqartirish sud tomonidan amalga oshiriladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.01.2026 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova