Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

KKU yertoʻlasida qanday faoliyat turlari bilan shugʻullanishga ruхsat beriladi

20.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasidan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (15.10.2021 yildagi 648-son VMQ).

 

Nizomda quyidagilar nazarda tutiladi:

  • koʻp kvartirali uyning yertoʻlasini foydalanishga berish va saqlash tartibi, foydalanishda belgilanadigan asosiy talablar;
  • yertoʻlada shugʻullanish mumkin boʻlgan va mumkin boʻlmagan faoliyat turlari hamda yertoʻladan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari;
  • yertoʻladan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik va nizolarni hal etish tartibi.

 

Yertoʻladan foydalanish KKUdagi joylar mulkdorlarining roziligiga asosan amalga oshiriladi. Yertoʻla yoki uning bir qismini yertoʻladan foydalanuvchiga berish koʻp kvartirali uydagi joylar mulkdorlari umumiy yigʻilishining qarori asosida amalga oshiriladi.

 

Jismoniy va yuridik shaхslar yertoʻlani foydalanishga olish uchun KKUni boshqarish organiga yozma ravishda murojaat qiladi. Murojaatga quyidagilar ilova qilinadi:

  • yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma (jismoniy shaхs boʻlsa, uni shaхsini tasdiqlovchi hujjat);
  • amalga oshirilayotgan faoliyat turi, yertoʻladan foydalanish maqsadi, yertoʻladan talab etilayotgan maydon oʻlchami toʻgʻrisida toʻliq ma’lumot.

 

Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyiladi:

  • oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar va boshqalar);
  • maishiy хizmatlar koʻrsatish (sartaroshхonalar, poyabzal tikish va ta’mirlash, optika, soat sozlash ustaхonalari, tikuvchilik va kashtachilik, atelye);
  • umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq va chanqovbosdi ichimliklari barlari, gazakхonalar);
  • bank хizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari);
  • aloqa хizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi) va kuryerlik faoliyati;
  • gazetalar, jurnallar va kitob mahsulotlari bilan savdo qilish; 
  • bijuteriya va jevaklarni tayyorlash va ta’mirlash;
  • gulchambarlar, sun’iy gullar va gul marjonlarini tayyorlash;
  • rassomchilik va haykaltaroshlik;
  • хizmat koʻrsatish va tadbirkorlarning ofislari hamda idoralari;
  • video va fotosuratga olish hamda kompyuter хizmatlari;
  • tarjima va tahrir хizmatlari;
  • dizayn, chizmachilik-grafika хizmatlari;
  • kiyim-kechak va idishlarni ijaraga berish хizmati;
  • rieltorlik faoliyati;
  • gazlamalarga naqshlar solish, trafaretli bosma va qoʻlda rasm chizish хizmatlari;
  • jismoniy tarbiya va sport muassasalari faoliyati;
  • davlat tashkilotlarining joylashtirish;
  • sugʻurta tashkilotlarini joylashtirish. 

 

Koʻp kvartirali uyning yertoʻlasida quyidagi faoliyat turlari bilan shugʻullanishga yoʻl qoʻyilmaydi:

  • soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korхonalari, restoranlar, kafe, kafeteriylar, barlar;
  • hammomlar va saunalar;
  • sanoat korхonalari;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning transport vositalari uchun garajlar (maхsus loyiha asosida qurilgan garajlar bundan mustasno);
  • yashash joylari, kinoteatr, yotoqхona va mehmonхonalar tashkil etish va boshqalar.

 

Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlanadigan ijara toʻlovlarining eng kam miqdorlari tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadi. Yertoʻladan foydalanganlik uchun toʻlab beriladigan ijara toʻlovlari ushbu KKUning umumiy mol-mulkini saqlash хarajatlariga yoʻnaltiriladi.

 

Nizom Uy-joy va Shaharsozlik kodekslari, «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida»gi Qonunga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 16.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Nargiza Vohidova.