Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Iqtisodiyot va moliya vazirligi MHMSni qoʻllaydigan tashkilotlar uchun hisobvaraqlar rejasini ishlab chiqdi Kassa modelingiz davlat reyestridan chiqarilgan boʻlsa, uni qancha muddatda almashtirish kerak Bir tomonlama EHF qanday rasmiylashtiriladi

Kon-metallurgiya sanoati qanday rivojlantiriladi

30.06.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 24.06.2021 yildagi “Kon-metallurgiya sanoati va unga bogʻliq sohalarni rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-5159-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjat bilan quyidagilar nazarda tutilgan:

  • "xom ashyodan tayyor mahsulotgacha" boʻlgan koʻp pogʻonali qoʻshilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan mis mahsuloti va u bilan bogʻliq sohalarda yuqori qoʻshilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha ilmiy-texnologik klasterni tashkil etish;
  • mis, rangli, nodir va noyob metallar boʻyicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish;
  • loyiha va injiniring xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining oʻzaro bogʻliq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish;
  • Mis sanoati klasteri uchun zarur boʻlgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xom ashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va oʻzlashtirish;
  • kon-metallurgiya, elektrotexnika, mashinasozlik, dastgohsozlik sohalarida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va boshqalar.

 

Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish "yoʻl xaritasi" va maxsus komissiya  tarkibi tasdiqlandi.

 

Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, "Navoiy KMK" AJ va "Olmaliq KMK" AJga:

  • Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, "Oʻzeltexsanoat" uyushmasi bilan birgalikda - 2022-2026 yillarda kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari va uskunalarining yangi turlarini ishlab chiqarishni rivojlantirish dasturini;
  • "Oʻzkimyosanoat" AJ bilan birgalikda - kon-metallurgiya sanoati uchun zarur boʻlgan kimyoviy mahsulotlarni ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini;
  • yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari hamda malakali mutaxassislarni jalb qilgan holda - Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish topshirildi.

 

Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentida Metallurgiya tarmogʻini va mis sanoati klasterini rivojlantirish shoʻ’basi tashkil etiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 25.06.2021 yildan kuchga kirdi.

 
Elmira Siraziyeva.