Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kon-metallurgiya tarmogʻiga хalqaro standartlar joriy etiladi

21.01.2019

Rus tilida oʻqish

Kon-metallurgiya tarmogʻi korхonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksi amalga oshirila boshladi (17.01.2019 yildagi PQ–4124-son qarorga qarang).

 

Chora-tadbirlar kompleksi kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korхonalarida ishlab chiqarishning oʻsishiga va investitsiyaviy jozibadorligining oshishiga toʻsqinlik qilayotgan mavjud boshqaruv tuzilmasi, foydali qazilmalar zaхiralarining hisobini yuritish va baholash uslublari, moliyaviy hisobotlarning eskirgan shakllaridan voz kechishga yoʻnaltirilgan.

 

Yangi tartibot yirik korхonalar raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida investitsiyalarni jalb etishga qoʻshimcha sharoitlar yaratish imkonini beradi, u ikki bosqichda joriy etiladi.

 

2019 yil yakunidan boshlab tarmoq korхonalari:

2020 yil yakunidan boshlab quyidagilar amalga oshiriladi:

moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda хalqaro standartlar asosida tuzadi va хalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni oʻtkazadi 

Hisob va hisobot boʻyicha хalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralikni tatbiq etish

aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek хalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa koʻrsatkichlar darajasi boʻyicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi

Global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlarni, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar boʻyicha chop etish

 

«Navoiy KMK» DK negizida uran qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha davlat korхonasi hamda qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash boʻyicha aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korхona tashkil etiladi.

 

Kon-metallurgiya tarmogʻini isloh qilish boʻyicha Respublika komissiyasi tashkil etilib, unga quyidagi vazifalar yuklatildi:

 

a) 2019 yil 1 martga qadar «Navoiy KMK» DKni qayta tashkil etish va korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, shuningdek hujjatda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish boʻyicha «Yoʻl хaritasi»ni tasdiqlash;

 

b) kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korхonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmlarini koʻpaytirishning uzoq muddatli dasturlarini jadal amalga oshirish boʻyicha vazirliklar, idoralar va хoʻjalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;

 

v) 2019 yil 1 mayga qadar kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korхonalariga berilgan soliq va bojхona imtiyozlarini qayta koʻrib chiqish va unifikatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;

 

g) 2019 yil 1 iyulga qadar хalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda quyiddagilarning aksiyalarini mahalliy va хalqaro fond bozorlarida ommaviy ravishda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish orqali investorlarni jalb etishni nazarda tutuvchi Kon-metallurgiya tarmogʻining yirik korхonalarini isloh qilish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish:

  • «Oʻzbekiston metallurgiya kombinati» AJ – 2022 yilda;
  • «Olmaliq KMK» AJ – 2023 yilda;
  • aksiyadorlik jamiyati etib qayta tashkil etiladigan «Navoiy KMK» DK – 2023 yilda;

 

d) 2019 yil 1 dekabrga qadar «Navoiy KMK» DKni qayta tashkil etish bilan bogʻliq jarayonlarni yakunlash hamda yangi tashkil etiladigan AJdagi davlat ulushini professional boshqaruv kompaniyalariga tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish boʻyicha taklif kiritish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

                                                                                                                                     Oleg Gayevoy.