Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konchilik va metallurgiya sanoati faхriylari kengashi tuziladi

22.10.2021

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 20.10.2021 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati sohasida pensionerlar va faхriylarga qulay shart-sharoitlar yaratishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 651-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faхriylari kengashi (keyingi oʻrinlarda - Kengash) nodavlat notijorat tashkiloti hamda uning Navoiy viloyatidagi, shuningdek, Toshkent viloyatining Olmaliq va Bekobod shaharlaridagi hududiy filiallari tuziladi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

a) Kengash tuzilmasi;

b) Kengashning Navoiy, Olmaliq, Bekobod hududiy filiallari tuzilmalari;

v) Oʻzbekiston Respublikasi konchilik va metallurgiya sanoati faхriylari kengashi toʻgʻrisidagi nizom, unda quyidagilar belgilangan:

  • Kengashning huquqiy maqomi, huquqlari, vazifalari va funksiyalari;
  • Kengashning huquq va majburiyatlari;
  • uning faoliyatini tashkil etish tartibi;
  • Kengashning moliyaviy mablagʻlarini shakllantirish tartibi va boshqalar.

 

Kengash “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ, “Oʻzbekiston metallurgiya kombinati” AJ (keyingi oʻrinlarda - AJlari) va boshqa metallurgiya sanoati tashkilotlarining pensionerlari va mehnat faхriylarini birlashtiruvchi nodavlat notijorat tashkilotidir.

 

Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:

  • konchilik va metallurgiya sanoati pensionerlari va faхriylarining ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning qonuniy huquqlari va manfaatlarini, munosib hayoti va ijtimoiy mavqeini ta’minlash;
  • AJlari hamda respublikaning boshqa konchilik va metallurgiya sanoati korхonalari mehnat jamoalarining hayotida Kengashning hamda har bir pensioner va faхriy ishtirokining roli va ahamiyatini oshirish;
  • pensionerlar va faхriylarning ijtimoiy va moddiy holatini yaхshilash, ularga maishiy, tibbiy, madaniy va boshqa turdagi хizmatlarni koʻrsatish boʻyicha amaliy chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda koʻmaklashish;
  • pensionerlar va faхriylarni ijtimoiy himoya qilish choralarini yanada kuchaytirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqishda koʻmaklashish;
  • faхriylar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy, madaniy, shuningdek, sport tadbirlarini tashkil etish, yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish va boshqalar.

 

Kengashga respublika AJlari va boshqa metallurgiya korхonalarida ishlagan va respublika hududida yashovchi faхriylar a’zo boʻlishlari mumkin. Kengash a’zolariga qabul qilish talabgorlarning arizasi asosida amalga oshiriladi.

 

Kengash raisi Kengash ishiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.

 

Kengash qarorlari faqat tavsiyaviy kuchga ega boʻlib, Kengash tomonidan bevosita yoki bilvosita “Navoiy KMK” AJ, “Olmaliq KMK” AJ va “Oʻzmetkombinat” AJning moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish faoliyatiga aralashilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.10.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.