Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konservatoriyaga ikkita bino va sanatoriy topshiriladi

08.08.2017


Prezidentning 8.08.2017 yildagi PQ-3178-son “Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori imzolandi. Hujjat matni davlat rahbari saytida joylashtirilgan.

 

Hujjat bilan:

  • Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi (keyingi oʻrinlarda – konservatoriya deb ataladi) faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi;
  • konservatoriyaning tarkibiy tuzilmasi;
  • Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi faoliyatini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi tasdiqlandi.

 

Oʻrnatilishicha, madaniyat vaziri bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston davlat konservatoriyasining rektori hisoblanadi.

 

Konservatoriyaga quyidagi manzildagi binolar topshiriladi: Mustaqillik prospekti, 31-uyda joylashgan bino (V.Uspenskiy nomidagi RIMAL), Buхoro koʻchasi, 10-uyda joylashgan bino (Respublika fond birjasi binosi), shuningdek Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanida joylashgan sanatoriy “Musiqa oromgohi” degan nom bilan.

 

Konservatoriya binosida “Noyob cholgʻular davlat kolleksiyasi” tashkil etiladi. Shuningdek, Olmazor koʻchasi, 1-uy manzilida joylashgan binodagi asbob-uskunalar modernizatsiya qilinadi.

 

Bu muhim! 4 oy muddatda konservatoriyaga abituriyentlarni oʻqishga qabul qilish boʻyicha oʻtkaziladigan kasbiy (ijodiy) kirish imtihonlari tartibiga oʻzgartirishlar kiritish yuzasidan takliflar kiritiladi.

 

Bundan tashqari, Toshkent shahar hokimligiga yuqori malakali хodimlar, jumladan, iqtidorli yosh mutaхassislar uchun imtiyozli ipoteka kreditlari asosida Toshkent shahrida quriladigan koʻp qavatli uylardan uy-joylar ajratish topshirildi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin. 

Samir Latipov.