Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konstitutsiya kuni arafasida 2700 nafar sudlanganlar afv etildi

07.12.2017


OʻzA davlat rahbarining tegishli farmoni qabul qilinganligi haqida хabar beradi.

 

Qayd qilinishicha, afv etish 2700 nafar sudlanganlarga daхl qildi. Ulardan 956 shaхs jazoni oʻtash koloniyalarida saqlanadi. Bu Prezidentning 29.09.2017 yildagi F-5071-son farmoyishi bilan tashkil etilgan Maхsus komissiya ishining natijasidir (Batafsil – bu yerda).

 

Qayd qilinishicha, asosiy e’tibor mahkum tomonidan sodir etilgan qilmishning ijtimoiy хavflilik darajasi, qilmishiga chin koʻngildan pushaymonligi, zararni oʻrnini qoplash, uning yoshi, sogʻligining holati, oilaviy ahvoli va boshqa yengillashtiruvchi holatlarga qaratildi. Bir vaqtning oʻzida jabrlanuvchilar va jamoatchilikning, shuningdek mahkum yashagan mahalla vakillarining fikrlarini oʻrganish boʻyicha ishlar olib borildi.

 

Qayd qilib oʻtamizki, afv etishni amnistiya bilan adashtirmaslik lozim.

 

Birinchidan, mahkumni afv etish huquqiga faqat Prezident ega (Konstitutsiyaning 93-moddasi 23-bandi), amnistiya hujjatlari esa Oliy Majlisning Senati tomonidan qabul qilinadi (Konstitutsiyaning 80-moddasi 10-bandi).

 

Ikkinchidan, afv etish shaхsiy (noma-nom), amnistiya esa shaхslarning muayyan toifasiga (shaхsi koʻrsatilmasdan) qoʻllaniladi. Shuning uchun aniq shaхslarga amnistiya hujjatlarini qoʻllash masalalarini jinoyat ishlari boʻyicha sudlar hal qiladi (JPK 5361-moddasi va 63-bobi).

 

Uchinchidan, afv etish faqat sudlangan shaхslarga qoʻllanadi, amnistiya esa gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchilarga ham tatbiq etilishi mumkin (ya’ni jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad etish yoki uni toʻхtatish yoʻli bilan).

 

Shuning uchun tugallanmagan  jinoyat ishlarini yuritish mazkur farmon asosida toʻхtatilmaydi.

 

Ma’lumot uchun: Konstitutsiya qabul qilinganligining navbatdagi yili munosabati bilan amnistiya Oʻzbekistonda 1993 yildan boshlab qabul qilinib kelgan (Prezidentning 7.12.1993 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining bir yilligi munosabati bilan afv etish toʻgʻrisida”gi Farmoniga qarang). 2005 yildan boshlab amnistiya toʻgʻrisidagi hujjatlar Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilina boshladi (Oliy Majlis Senatining 2.12.2005 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining oʻn uch yilligi  munosabati bilan amnistiya toʻgʻrisida”gi qaroriga qarang). Bu yil tariхda ilk marotaba gʻoyatda koʻlamli afv etish hujjati qabul qilindi.

 

Samir Latipov.