Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konstitutsiya kunini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish boshlandi

22.06.2017

 

Prezident “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoyishni imzoladi. Hujjat matnini davlat rahbarining matbuot хizmati tarqatdi.

 

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish boʻyicha asosiy tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Dasturni amalga oshirish bilan maхsus tashkil etilgan Tashkiliy qoʻmita shugʻullanadi.

 

Tashkiliy qoʻmitaning asosiy vazifalari orasida - Konstitutsiyaning norma va tamoyillari hayotga tatbiq etilishini, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli demokratik, sotsial-iktisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlarga huquqiy zamin boʻlib хizmat kilayotgan Asosiy Qonunimizning ahamiyatini hayotiy misollar bilan ochib berishga bagʻishlangan turkum tadbirlarni tashkil etish va amalga oshirilayotgan salmoqli ishlar OAVda keng yoritilishini ta’minlash.

 

Dasturni amalga oshirishga barcha davlat va nodavlat tashkilotlari, keng jamoatchilik jalb etiladi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

Samir Latipov.