Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konstitutsiyaga tuzatishlar kiritildi

06.03.2019

Rus tilida oʻqish

 

5.03.2019 yildagi «Hukumatni shakllantirish tartibi demokratlashtirilishi va uning mas’uliyati kuchaytirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ–527-son Qonun e’lon qilindi.

 

Eslatib oʻtamiz, 2019 yil 1 apreldan boshlab Hukumat faoliyatining yangi tartibi joriy etiladi (28.01.2019 yildagi PF–5644-son Farmon):

  • Bosh vazirning oʻrinbosarlari, vazirlar va davlat qoʻmitalari raislari lavozimlariga nomzodlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullanadi;
  • ushbu lavozimlarga nomzodlarni Qonunchilik palatasida koʻrib chiqish va ma’qullash jarayonida ular Vazirlar Mahkamasining harakatlar dasturi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlgan istiqbolga moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar va vazifalarga erishish borasida huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-teхnik chora-tadbirlarni nazarda tutuvchi harakatlar rejalarini taqdim etadilar;
  • Bosh vazir Hukumat a’zolari bilan birgalikda har chorakda Oliy Majlisning palatalariga Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga moʻljallangan davlat dasturining amalga oshirilishi toʻgʻrisida hisobot taqdim etadi.

 

Konstitutsiya bilan bir qatorda «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida» Konstitutsiyaviy Qonunlariga, «Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Reglamenti toʻgʻrisida»gi, «Parlament nazorati toʻgʻrisida»gi qonunlarga tegishli tuzatishlar kiritildi.

 

Qonun «Xalq soʻzi» gazetasida chop etilgan va 1.04.2019 yildan kuchga kiradi.

 

Oleg Zamanov.