Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Konstitutsiyaga tuzatishlarning bir qismi kuchga kirdi

10.04.2017

«Xalq soʻzi» gazetasida «Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga oʻzgartishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida»gi Qonun e’lon qilindi. 

 

Avval хabar berganimizdek, Oʻzbekistonda Sudyalar oliy kengashi tashkil etildi. Kengash sudyalar hamjamiyatining organi boʻlib, u sud hokimiyatining mustaqilligi konstitutsiyaviy prinsipiga rioya etilishini ta’minlashga koʻmaklashadi. Asosiy Qonunimiz Sudyalar oliy kengashining raisi Prezidentning taqdimiga binoan Senat tomonidan tayinlashini mustahkamladi. Yangi organning raisi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining majlislarida ishtirok etish huquqiga ega boʻldi. Kengashning qolgan a’zolari Prezident tomonidan tasdiqlanadi.

 

Harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarini, tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va sudyalarini Prezident bilan kelishgan holda lavozimga tayinlash Sudyalar oliy kengashining eng asosiy vakolatlaridan biri hisoblanadi.

 

Tegishincha, oʻzgarishlar sudyalarni tayinlash tartibiga ham daхl qildi. Endilikda bu quyidagi tarzda amalga oshiriladi:

 

  • Konstitutsiyaviy sud va Oliy sudning butun tarkibi Senat tomonidan Prezident taqdimnomasiga binoan saylanadi;

 

  • viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raislari va rais oʻrinbosarlari, Harbiy sud raisi Prezident tomonidan Sudyalar oliy kengashi taqdimnomasiga binoan tayinlanadi;

 

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasining barcha sudlari sudyalari - Sudyalar oliy kengashining nomzodlar taqdimnomasi bilan Joʻqorgʻi Kenes tomonidan saylanadi, tayinlanadi (nomzodlarni Prezident bilan kelishish haqida Oʻzbekiston Konstitutsiyasida ham, “Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonunda ham toʻgʻridan-toʻgʻri aytib oʻtilmagan, ehtimol, ushbu masala Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish chogʻida  hal etilsa kerak, hozir ular boʻyicha bunday kelishuv majburiy);

 

  • barcha qolgan sudyalar, jumladan, tumanlararo, tuman va shahar sudlari raislari – Sudyalar oliy kengashi tomonidan Prezident bilan kelishgan holda (izoh: sudyadlarni tayinlash tartibi toʻgʻrisidagi norma oʻzining konstitutsiyaviy ahamiyatini yoʻqotdi – Asosiy Qonundan chiqarib tashlandi hamda «Sudlar toʻgʻrisida»gi hamda «Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida»gi Qonunlarga kiritildi).

 

Shuningdek, sudyalar vakolatlarining muddatlari toʻgʻrisidagi norma ham Konstitutsiyadan chiqarildi.

 

Sudlarning tizimi ham oʻzgarishlarga yuz tutdi.

 

Izoh: Oʻzbekiston Konstitutsiyasida Qoraqalpogʻiston Respublikasida oʻzining oliy sudlari amal qilishi endi aytib oʻtilmayotir. Endilikda bu faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi Konstitutsiyasi (102-, 103-moddalar) hamda Oʻzbekiston Respublikasining «Sudlar toʻgʻrisida»gi Qonunida aks etgan. Qabul qilingan tuzatishlardan kelib chiqib, ushbu hujjatlarga ham oʻzgartirishlar kiritilishi kutilmoqda.

 

Bu muhim: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy хoʻjalik sudini birlashtirish, ma’muriy va iqtisodiy sudlarni tashkil etish toʻgʻrisidagi qoidalar 2017 yilning 1 iyunidan amalga kiritiladi.

 

Hujjatning qolgan qismlari 2017 yilning 7 aprelidan kuchga kirgan.

 

Mazkur hujjatning matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va izohlar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.

 

Samir Latipov.


V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_