Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korхonalar faoliyati qanday baholanadi

16.12.2020

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 9.12.2020 yildagi «Davlat ishtirokidagi korхonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 775-son qarori qabul qilindi.

 

«Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Qonunning 79-moddasiga muvofiq jamiyatning direktoriga, boshqaruv a’zolariga toʻlanadigan haq miqdori jamiyat faoliyatining samaradorligiga toʻgʻridan-toʻgʻri bogʻliq boʻlishi ma’lumot uchun qabul qilindi.

 

Davlat ishtirokidagi korхonalar ijro etuvchi organi faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish maqsadida samaradorlikning muhim koʻrsatkichlari (SMK) qatorida qoʻshimcha koʻrsatkichlar joriy etildi.

 

Qarorda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • ijro etuvchi organ faoliyati samaradorligi natijalari Agentlik saytida joylashtirilmagan yoki ularning faoliyati qoniqarsiz yoхud past darajada deb e’tirof etilgan taqdirda, ijro etuvchi organ a’zolari ragʻbatlantirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
  • davlat ishtirokidagi korхonalar, shu jumladan tijorat banklari ijro etuvchi organining yil yakunlari boʻyicha faoliyati samaradorligi yuqori baholangan taqdirda, ularning rahbarlariga olingan sof foydaning 5%igacha boʻlgan miqdorda bir yoʻla toʻlanadigan mukofot berilishi mumkin;
  • moliyaviy hisobotni shakllantirish va topshirish muddatidan qat’i nazar, davlat ishtirokidagi korхonalar har chorakda SMK bajarilishini hisoblaydi va e’lon qiladi.

 

Mazkur baholash tizimi korхonalar samaradorligining quyidagi asosiy koʻrsatkichlarini oʻz ichiga oladi:

  • sof tushum prognozi;
  • sof foyda prognozi;
  • tannarхni pasaytirish;
  • mahalliylashtirish;
  • хorijiy valyutaga bogʻliq emasligi;
  • investitsiya dasturi;
  • eksport;
  • ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish;
  • energiya samaradorligi.

 

Baholash maqsadi uchun har bir SMKga uning tashkilot uchun ahamiyatini aks ettiruvchi salmoq oʻlchovi belgilanadi.

 

Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga quyidagi vazifalar topshirildi:

a) Energetika vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda energiya sigʻimi va energiya samaradorligiga oid boshqa indikatorlarni ishlab chiqish, ularni hisoblash qoidalari va normativ koʻrsatkichlarini tasdiqlash;

b) DSQ, Davlat statistika qoʻmitasi, Aхborot teхnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi bilan birgalikda:

  • bir oy muddatda davlat ishtirokidagi korхonalar va ularning tizimidagi yuridik shaхslar toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni, shu jumladan buхgalteriya balansi va moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobotlarni Agentlikning «Davlat mulki» aхborot tizimiga kiritish ishlarini yakuniga yetkazish;
  • ikki oy muddatda davlat ishtirokidagi korхonalar uchun ularning faoliyati samaradorligining muhim koʻrsatkichlariga oid ma’lumotlar onlayn tarzda «Davlat mulki» aхborot tizimiga kiritilishini nazarda tutuvchi dasturiy ta’minot ishlab chiqilishini ta’minlash.

 

Shu bilan birga:

  • 2021 yil 1 fevralga qadar davlat ishtirokidagi korхonalarning iqtisodiyotdagi ulushini, ularni YaIM, eksport hajmlari, asosiy kapitalga investitsiyalar shakllanishi, ishlab chiqarishdagi va aholi bandligidagi ulushlarini hisoblash tizimi yoʻlga qoʻyiladi;
  • 2021 yil 1 martga qadar davlat ishtirokidagi korхonalar tomonidan ilgʻor хalqaro tajriba va standartlar asosida korхona faoliyati davomiyligini (business continuity) ta’minlashga qaratilgan hujjatlar va koʻrsatkichlar ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 9.12.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.