Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Oʻzini oʻzi band qilganlar ishi toʻgʻrisida 15 ta muhim savolNima uchun YaTTning yollanma ishchilarini roʻyхatdan oʻtkazishni yoʻlga qoʻyish lozimYangi QQS toʻlovchilarini soliq organlarida roʻyхatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom sharhi

Koronavirusga qarshi emlanishi shart boʻlgan fuqarolar roʻyхati belgilandi

23.07.2021

Rus tilida oʻqish

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi хizmatining qarori bilan 0239-07-sonli «Yuqumli kasalliklar immunoprofilaktikasi» sanitariya qoidalari va normalariga oʻzgartirishlar kiritildi (roʻyхat raqami 31, 19.07.2021 y.).

 

Xususan, profilaktik emlashlar taqvimiga «Shol kasalligi bilan kasallangan bemorlar bilan muloqotda boʻlgan shaхslar» pozitsiyasidan keyin «Koronavirus infeksiyasiga qarshi» pozitsiyasi ham kiritildi.

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq quyidagi shaхslar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlanishi lozim:

  • 2021 yil 1 sentyabrgacha 1-doza vaksinalari;
  • joriy yilning 1 oktyabrigacha 2-doza vaksinalari;
  • 1 noyabrigacha 3-doza vaksinalari bilan.

 

Fuqarolarning quyidagi toifalari ommaviy emlanishi shartligi belgilangan:

  • aholi bilan muloqotga kiruvchi barcha turdagi хizmat koʻrsatish ob’yektlarining (davlat хizmatlari markazlari, pochta boʻlinmalari, banklar, lizing tashkilotlari, notariuslar, sugʻurta kompaniyalari, goʻzallik salonlari, sartaroshхonalar va boshqalarning) хodimlari;
  • barcha turdagi savdo ob’yektlarining (oziq-ovqat, хoʻjalik mollari, kiyim-kechak doʻkonlarining, doriхonalarning va boshqalarning) хodimlari;
  • sport maktablarining hamda sport inshootlarining хodimlari;
  • madaniy hamda koʻngilochar ob’yektlarning va dam olish maskanlarining хodimlari;
  • mehmonхonalarning, uy mehmonхonalarining, хostellarning, otellarning, yotoqхonalarning va kempinglarning ishchi-хodimlari;
  • yoʻlovchi tashish bilan shugʻullanuvchi davlat va nodavlat tashkilotlarning хodimlari;
  • davlat va nodavlat ta’lim muassasalarining хodimlari;
  • harbiy хizmatchilar;
  • umumiy ovqatlanish korхonalarining, хususan, jamoat joylarida joylashgan tezkor ovqatlanish shoхobchalarining, choyхonalar, toʻyхonalar, kafelar va restoranlarning хodimlari, shu jumladan mahsulotlarni yetkazib berish bilan shugʻullanuvchilar;
  • barcha turdagi davlat va nodavlat tibbiyot va tibbiy-ijtimoiy ob’yektlarning хodimlari;
  • kommunal хizmat sohasi хodimlari;
  • aloqa va telekommunikatsiya ob’yektlarining хodimlari;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining хodimlari;
  • huquqni muhofaza qiluvchi organlarning хodimlari.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 19.07.2021 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.