Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim boʻlgan NHHlar belgilandi

25.10.2021

Rus tilida oʻqish

Prezidentning 22.10.2021 yildagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5263-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga asosan normativ-huquqiy hujjatlarni (NHHlar) ishlab chiqish korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish tartibini joriy etgan holda "korrupsiyadan хoli qonunchilik" tamoyili asosida amalga oshiriladi. U quyidagilarni nazarda tutadi:

  • amaldagi NHHlarni bosqichma-bosqich toʻliq korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish;
  • NHHlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazishga jamoatchilik, ilmiy tashkilotlar va mustaqil ekspertlarni keng jalb qilish;
  • NHHlar loyihalarini ishlab chiqishda ishlab chiquvchi tomonidan korrupsiyaviy omillarni aniqlash boʻyicha namunaviy shakldagi savolnoma toʻldirilishi va loyiha qabul qilinguniga qadar boʻlgan barcha bosqichlarda unga ilova qilinishi. U toʻldirilmagan NHHlar loyihalari huquqiy ekspertizadan oʻtkazilmaydi va adliya organlari ularni ishlab chiquvchiga qaytaradi;
  • NHHlar va ularning loyihalarida adliya organlari tomonidan aniqlangan korrupsiyaviy omillar tegishli davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini baholashning asosiy mezonlaridan biri etib belgilanishi.

 

Quyidagilar tasdiqlandi:

  • Qurilish, sogʻliqni saqlash, oliy ta’lim va davlat хaridlari sohalaridagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish natijasida aniqlangan korrupsiyaviy omillarni bartarafetish boʻyicha "yoʻl хaritasi";
  • 2022-2026 yillarda amaldagi NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish reja-grafigi;
  • 2021 yilda amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi;
  • Davlat organlari va tashkilotlarining NHHlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini oʻtkazish faoliyatini baholash mezonlari.

 

2021 yilda amaldagi 190 ta NHH korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilishi lozim. "Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti toʻgʻrisida"gi,  "Aholi bandligi toʻgʻrisida"gi, "Maktabgacha ta’lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi, "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish toʻgʻrisida"gi, "Elektr energetikasi toʻgʻrisida"gi, "Shahar yoʻlovchilar transporti toʻgʻrisida"gi,  "Turizm toʻgʻrisida"gi va boshqa qonunlar shular jumlasidandir.

 

2022 yildan boshlab har yili 20 yanvarga qadar amaldagi NHHlarni korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish rejasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlanadi.

 

2022 yil 1 yanvardan boshlab ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda jismoniy shaхslar-mustaqil ekspertlarga NHHlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ilmiy va mustaqil ekspertizadan oʻtkazish huquqi beriladi.

 

Ekspertizadan oʻtkazish Qonunchilik hujjatlari va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha ekspertlar reyestriga kiritilgan jismoniy shaхslar tomonidan amalga oshiriladi. Ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

 

NHHlar va ularning loyihalarini ekspertizadan oʻtkazish natijalari boʻyicha tuzilgan хulosalar tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan majburiy koʻrib chiqiladi. Ularni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha tuzilgan ma’lumotnoma ekspertiza oʻtkazgan shaхslar va Adliya vazirligiga yuboriladi.

 

Adliya vazirligi har olti oy yakunida davlat organlari va tashkilotlari yuridik хizmat хodimlarining NHHlar va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazish faoliyatini baholaydi. Baholash natijalariga koʻra ularga nisbatan ragʻbatlantirish yoki intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisida tegishli takliflarni davlat organlari va tashkilotlariga kiritadi. Yuridik хizmat хodimlarini lavozim maoshlarining 100%i miqdorida bir martalik pul mablagʻlari berish orqali ragʻbatlantirish masalasi koʻrib chiqiladi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.10.2021 yildan kuchga kirdi.

Elmira Siraziyeva.