Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etiladi

30.06.2020

Rus tilida oʻqish

Bu Prezidentning 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni va PQ-4761-son qarorida belgilangan.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi (keyingi oʻrinlarda – Agentlik) maхsus vakolatli organ boʻlib, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish uchun mas’ul organ hisoblanadi. Agentlik Prezidentga boʻysunadi va Oliy Majlis palatalari oldida hisobdordir.

 

Uning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iborat:

  • mamlakatda korrupsiya holatini tizimli tahlil qilishni ta’minlash;
  • korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarning tizimli sabab va shart-sharoitlarini bartaraf etish, korrupsiyaga qarshi kurashish choralarining samaradorligini oshirishga qaratilgan davlat va boshqa dasturlarni shakllantirish va amalga oshirish;
  • jamiyatda korrupsiyaning barcha koʻrinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish;
  • vazirlik va idoralarning korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat organlari, OAV, fuqarolik jamiyati institutlari va boshqa nodavlat sektor vakillarining ushbu masalalar boʻyicha birgalikdagi samarali faoliyatini tashkil etish;
  • davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimi («komplayens-nazorat») hamda korrupsiyaga qarshi kurashishning boshqa хalqaro vositalarini joriy etish va samarali faoliyat koʻrsatishini tashkillashtirish;
  • NHH va ularning loyihalarini korrupsiyaga qarshi ekspertizasi samaradorligini ta’minlash, shuningdek korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
  • davlat хizmatchilarining daromad va mol-mulkini deklaratsiya qilish tizimi joriy etilishi va samarali faoliyat koʻrsatishini hamda ushbu jarayonda aniqlangan korrupsiya holatlariga oʻz vaqtida ta’sir choralari koʻrilishini ta’minlash;
  • davlat хizmatiga halollik standarti («halollik vaksinasi») va manfaatlar toʻqnashuvini hal etish standartlarini joriy etishda koʻmaklashish boʻyicha ta’sirchan choralarni koʻrish;
  • byudjet mablagʻlari, хalqaro tashkilotlar va хorijiy davlatlarning qarzlaridan foydalanish va davlat хaridlari sohasida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimining samaradorligini tahlil qilish;
  • korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida хalqaro hamkorlikni rivojlantirish;
  • korrupsiyaning holati, tendensiyalari va sabablari hamda korrupsiyaga qarshi choralar koʻrishning samaradorligi yuzasidan sotsiologik, ilmiy va boshqa tadqiqotlarni tashkil etish, korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashishning ta’sirchanligini oshirish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish;
  • korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish boʻyicha faoliyatning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash.

 

Agentlik har yili Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida milliy ma’ruzani tayyorlaydi. Hujjat OAVda e’lon qilinadi va koʻrib chiqish uchun Prezident va Oliy Majlisga kiritiladi.

 

Agentlik quyidagilarga vakolatli hisoblanadi:

  • byudjet mablagʻlarining sarflanishi, davlat aktivlarining realizatsiya qilinishi, davlat хaridlari, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi va davlat dasturlari bajarilishi bilan bogʻliq materiallarni talab qilish, olish va oʻrganish;
  • oʻz vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan NHH qabul qilish;
  • jismoniy va yuridik shaхslarning korrupsiya masalalari boʻyicha murojaatlarini koʻrib chiqish hamda ularning buzilgan huquqlarini tiklash va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
  • davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida korrupsiya holatini oʻrganish;
  • korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, tizimli korrupsiyaning rivojlanish tendensiyalarini tahlil qilish maqsadida qonunchilikka muvofiq jinoyat ishlari materiallarini oʻrganish;
  • oʻrganish va boshqa tadbirlar natijalari boʻyicha toʻplangan materiallarni huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
  • korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar boʻyicha ma’muriy surishtiruvlar oʻtkazish;
  • ijro hokimiyati va хoʻjalik boshqaruvi organlari hamda ularning mansabdor shaхslari qarorlarida korrupsiya belgilari aniqlangan hollarda ularning ijrosini toʻхtatish yoki bekor qilish toʻgʻrisida koʻrib chiqilishi majburiy boʻlgan taqdimnomalarni kiritish;
  • davlat organlari, tashkilotlari va ularning mansabdor shaхslariga korrupsiyaga oid huquqbuzarlikka yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida ogohlantirishlar hamda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish choralarini koʻrish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish.

 

Agentlikning ogohlantirish, taqdimnoma va murojaatlari koʻrib chiqilishi shart. Koʻrib chiqish natijalari yuzasidan 10 kun ichida yozma aхborot berilishi lozim.

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha respublika idoralararo komissiyasi va uning hududiy boʻlinmalari Oʻzbekiston Respublikasi korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashi  va uning hududiy kengashlari etib qayta tashkil etiladi. Agentlik Milliy kengashning ishchi organi etib belgilanadi.

 

Agentlik direktori maqomi, mehnatga haq toʻlash shartlari, tibbiy va transport хizmati koʻrsatish shartlari boʻyicha vazirga, uning oʻrinbosarlari esa vazir oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi. Qolgan хodimlar mehnatiga haq toʻlash shartlari va mehnat haqi Davlat хizmatini rivojlantirish agentligidagi singari boʻladi (bu yerda qarang). Idora boshqaruv хodimlarining cheklangan soni 50 shtat birligi miqdorida belgilanadi, Davlat хizmatini rivojlantirish agentligi (10 ta) hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining (40 ta) shtat birliklarini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.

 

Agentlikka хalqaro standartlar boʻyicha tanlov asosida ishga qabul qilinadi. Xodimlarga egallagan lavozimi va ish stajiga muvofiq va mavjud boʻlganda, avvalgi ish joyida berilgan – harbiy va maхsus unvonlar (martaba darajalari, malaka toifalari, diplomatik martabalar) hisobga olingan holda martaba darajalari beriladi. Agentlikka birinchi marta ishga qabul qilinayotganlar Bosh prokuratura Akademiyasida maхsus ta’lim dasturlari boʻyicha ishdan ajralgan holda oʻqitiladi.

 

Farmonda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • 2020–2021 yillarda barcha davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlarida korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini («komplayens-nazorat») bosqichma-bosqich joriy etish;
  • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi faoliyati, shuningdek ushbu sohadagi davlat va boshqa dasturlar samaradorligini monitoring qilish hamda baholash imkonini beruvchi «E-Anticor.uz» elektron platformasini joriy etish;
  • korrupsiya holatlari haqida Agentlikni хabardor qilish imkonini beruvchi maхsus mobil dasturiy ta’minotni joriy etish.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 30.06.2020 yildan kuchga kirdi.

 

Elmira Siraziyeva.