Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kredit boʻyicha asosiy qarzdan boshqa toʻlovlarning eng koʻp yigʻindisi miqdori oʻrnatildi

03.02.2023

Rus tilida oʻqish

Markaziy bank boshqaruvining “Qarz oluvchi jismoniy shaхslarning qarz yukini tartibga solish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori qabul qilindi (02.02.2023 yilda roʻyхatdan oʻtgan, roʻyхat raqami 3205-2). 

 

Hujjatga koʻra,  Kredit yoki mikroqarz boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqlari, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari yigʻindisi yiliga qarz miqdorining yarmidan koʻpini tashkil etishi mumkin emas.

 

Bunda, qarz miqdori deganda quyidagilar tushuniladi:

  • kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oyga teng yoki undan kam boʻlganda shartnoma boʻyicha ajratilgan kredit yoki mikroqarzning miqdori;
  • kredit yoki mikroqarz shartnomasining muddati 12 oydan koʻp boʻlganda 12 oyga teng boʻlgan davrning boshidagi kredit yoki mikroqarz asosiy qarzining qoldigʻi.

 

Yuqoridagi cheklovni hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi

Bunda:

qoldiq i — i davr uchun kredit yoki mikroqarz asosiy qismining oshmay turgan qoldigʻi;

kunlar soni i — i davrdagi kredit yoki mikroqarz asosiy qismining qoldigʻi oshmay turgan kunlar soni;

i davr — kredit yoki mikroqarz qoldigʻi oshmay turgan muddat;

toʻlovlar — kredit yoki mikroqarz boʻyicha asosiy qarzdan tashqari barcha toʻlovlar, shu jumladan foizlar, vositachilik haqi, neustoyka (jarima, penya), javobgarlikning boshqa choralari;

muddat — 365 kun yoki kredit yoki mikroqarz shartnomasi muddati 12 oydan kam boʻlganda uning muddati kun hisobida.

 

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 03.05.2023 yildan kuchga kiradi.

 

Sobir Nurberdiyev.