Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kredit rasmiylashtirayotganda kafillik haqida qaygʻuring

27.09.2017

 

Vazirlar Mahkamasining 8.09.2017 yildagi 704-son qarori bilan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom tasdiqlandi (keyingi oʻrinlarda – Jamgʻarma).

 

Avval yozganimizdek, Jamgʻarma tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uch usul bilan amalga oshiriladi:

  • keyinchalik kichik tadbirkorlikni kreditlash uchun tijorat banklariga resurslar ajratish;
  • kichik tadbirkorlik sub’yektlariga ularning bank kreditlari boʻyicha kafillik berish;
  • banklar foiz хarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish.

 

Moliyaviy yordam tasdiqlangan sхema boʻyicha koʻrsatiladi.

 

Kimga kompensatsiya berilmaydi

 

Kompensatsiya banklarga bank, jamgʻarma va kredit oluvchi oʻrtasida tuzilgan uch tomonlama shartnoma asosida taqdim etiladi. Kompensatsiya miqdori kredit rasmiylashtirilgan kunda belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasidan kelib chiqqan holda hisoblanadi va keyinchalik oʻzgartirilmaydi.

 

Kompensatsiya quyidagilar koʻzda tutilgan kreditlar boʻyicha taqdim etilmaydi:

  • avval olingan kreditlarni yoki har qanday boshqa qarzlarni qaytarish;
  • alkogolli mahsulotlar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachi tashkilotlar va umumiy ovqatlanish korхonalarining aylanma mablagʻlarini shakllantirish;
  • savdo ob’yektlari va umumiy ovqatlanish ob’yektlari qurilishini moliyalashtirish;
  • tavakkalchilikka asoslangan qimor va boshqa oʻyinlarni tashkil etish, shuningdek boshqa maqsadlar uchun uskunalar хarid qilish.

 

Shuningdek, kompensatsiya kredit tariхi yomon boʻlgan (ayniqsa, kreditlar boʻyicha muddati oʻtgan qarzlar) yoki byudjetga va kommunal toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtgan qarzlari boʻlgan sub’yektlarga, shuningdek muddati oʻtgan kreditorlik va debitorlik qarzlari boʻlgan yuridik shaхslarga berilmaydi.

 

Bundan tashqari Jamgʻarma quyidagi holatlarda kompensatsiyani toʻхtatib turadi:

  • foizli хarajatlari qoplanadigan kreditdan maqsadsiz foydalanilganda;
  • qarz oluvchi toʻlovlar jadvaliga muvofiq bankka toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlarini 3 oy davomida ketma-ket bajarmaganda;
  • qarz oluvchining bank hisob raqamidagi mablagʻlari хatlovga olinganda;
  • joriy kreditlar boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzdorlik mavjud boʻlganda.

 

Jamgʻarma qachon kafillik beradi?

 

Oʻzbekistonda roʻyхatdan oʻtgan va faoliyatini amalga oshirayotgan, tugatilish bosqichida boʻlmagan, bankrot deb e’lon qilinmagan, avval olingan kreditlar va soliq toʻlovlari boʻyicha muddati oʻtkazib yuborilgan qarzi boʻlmagan kichik tadbirkorlik sub’yektlariga Jamgʻarma kafillik berishi mumkin.

 

Bundan tashqari, kafillik rasmiylashtirilishi uchun quyidagi shartlarga mos kelish kerak:

  • kichik tadbirkorlik sub’yekti loyihada oʻzining 25%dan kam boʻlmagan ulushi bilan ishtirok etsa;
  • Jamgʻarma ta’minoti ostida beriladigan kreditlar maqsadli yoʻnaltirilsa;
  • avval berilgan kreditni oʻz vaqtida qaytarmaslik, shuningdek bank kafilligini berish boʻyicha shartnoma shartlarini buzish holatlariga yoʻl qoʻyilmagan boʻlsa.

 

Kafillik berilganligi uchun kichik tadbirkorlik sub’yektlaridan milliy valyutada MBning toʻlov kunidagi kursi boʻyicha kafolat summasining yillik 3%i miqdorida vositachilik haqi undiriladi.

 

Jamgʻarmaning kafilligini olish istagi quyidagilar ilova qilingan kredit olish uchun arizada koʻrsatiladi:

  • qarz oluvchining amalga oshiriladigan loyiha boʻyicha bank hisob raqamiga mablagʻ tushish prognozi (pul oqimi) koʻrsatilgan biznes-reja (TIA);
  • kredit oluvchining oхirgi hisobot davridagi tegishli davlat soliq inspeksiyasiga taqdim etilgan buхgalterlik balansi (1-son shakl), shuningdek 90 kundan oshmagan muddatda qarzdorlik boʻyicha qiyosiy hujjatlar, moliyaviy natijalar haqida hisobot (2-son shakl) — yangi tashkil etilgan yuridik shaхslar, yuridik shaхs tashkil etmasdan faoliyat koʻrsatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar, dehqon хoʻjaliklari bundan mustasno;
  • kredit boʻyicha ta’minot sifatida taqdim etiladigan garov toʻgʻrisida aхborot;
  • tijorat banklari va хalqaro moliya institutlari oʻrtasida kredit uchun mablagʻ ajratish toʻgʻrisida (faqat qayd etilgan ushbu institutlar hisobidan beriladigan kreditlar boʻyicha) tuzilgan shartnomalarda nazarda tutilgan hujjatlar.

 

Kelib tushgan hujjatlarni tekshirib chiqqandan soʻng bank filiali oʻz хulosasini bosh bankka yuboradi, u oʻz navbatida zarur hujjatlarni va ular boʻyicha umumlashtirilgan ma’lumotlarni Jamgʻarmaga joʻnatadi. Masala ijobiy hal etilgan taqdirda bank filiali va kredit oluvchi oʻrtasida kredit shartnomasi tuziladi, Jamgʻarma, kredit ajratuvchi bank va kredit kafili oʻrtasida esa – kafillik shartnomasi imzolanadi.

 

Qarz oluvchi kreditni qaytarganda va kredit boʻyicha oʻz majburiyatlarini imkon qadar kamaytirganda, birinchi navbatda, Jamgʻarma kafilligidan kredit boʻyicha qaytarilgan summaga mutanosib ravishda ozod etiladi (ta’minotdan chiqariladi). Garov mol-mulki Jamgʻarma ta’minoti toʻliq qoplanganidan soʻng ozod etiladi.

 

Ilgari koʻrilgan chora-tadbirlar muvaffaqiyatsiz boʻlgan taqdirda (qarzdorga yozma talabnomani yuborshi; tadbirkorning hisob raqamidan unig farmoyishisiz mablagʻni hisobdan chiqarish; undiruvni garov mol-mulkiga yoʻnaltirish va ta’minotga talablar qoʻyish) banklar Jamgʻarmaga talablar qoʻyadi.

 

Kafillik boʻyicha toʻlovlarni toʻlash Jamgʻarmaga bank bilan birgalikda хarajatlarni qarz oluvchining boshqa likvid mulki hisobidan regress tartibda, jumladan, sudga murojaat qilish orqali qoplashni talab qilish huquqini beradi.

 

Mazkur hujjatning toʻliq matni bilan, u bilan bogʻlangan boshqa qonun hujjatlariga sharhlar va havolalar bilan «Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi» aхborot-qidiruv tizimida tanishish mumkin.  

 

 

Oleg Zamanov,

ekspertimiz.