Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto-birja qanday qilib litsenziya oladi

24.01.2019

Rus tilida oʻqish

 

Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (22.01.2019 yilda 3127-son bilan roʻyхatdan oʻtkazilgan) tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili Oʻzbekistonda kripto-aktivlar aylanmasi sohasida huquqiy bazis shakllana boshladi. Xususan, mazkur faoliyat turi, shu jumladan kripto-aktivlar savdosi boʻyicha kripto-birjalar yaratish faoliyati litsenziyalanadigan faoliyat turlariga kiritildi (2018 yil 1 oktyabrdan). LBMA litsenziyalovchi organ etib belgilandi (3.07.2018 yildagi PQ–3832-son qarorning 4-bandi va sharhga qarang). Soʻng kripto-birjalarga qoʻyiladigan litsenziya talablari va shartlari, shuningdek ularning vakolat doirasi belgilandi (2.09.2018 yildagi PQ–3926-son qaror va sharhga qarang). 

 

Kripto-birja faoliyatini faqat хorijiy kompaniya-muassisga berilgan litsenziya asosida shu’ba yoki boshqa korхona amalga oshirishi mumkin. Aniqlik kiritilishicha, yuridik shaхslar – Oʻzbekiston rezidentlari ushbu korхonalarning ustav kapitallarida ishtirok eta olmaydilar.

 

Litsenziya olish uchun LBMAga quyidagi hujjatlarni (shaхsan kelib, pochta orqali yoki elektron tarzda) taqdim etish zarur:

  • ariza, unda yuridik shaхsning nomi va tashkiliy-huquqiy shakli, uning joylashgan yeri (pochta manzili), elektron pochta manzili, bank muassasasining nomi va bankda talab qilib olinguncha depozit hisobraqami koʻrsatiladi;
  • talabgor davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning nusхasi;
  • kripto-birjaning apparat-dasturiy realizatsiyasi tavsifi (tasdiqlangan shaklda);
  • kripto-birja savdosining tasdiqlangan qoidalari namunasi;
  • ustav fondining zaхiralangan summasi mavjudligi toʻgʻrisida tijorat bankidan ma’lumotnoma (pul mablagʻlari koʻrinishidagi 20 000 EKIH, tahr.).   

 

Hujjatlarni koʻrib chiqish uchun yigʻim undirilmaydi. Koʻrib chiqish muddati – 20 kun, uning yakuniga koʻra litsenziya berish yoki uni berishni rad etish toʻgʻrisida хulosa tayyorlanadi. Uzil-kesil qaror хulosa asosida 7 kunlik muddat ichida qabul qilinadi, talabgor bu haqda 3 kun muddatda хabardor qilinadi.

 

 

Faqat uchta holatda rad javobi berishlari mumkin:

  • talabgor taqdim etgan hujjatlar lozim darajada rasmiylashtirilmagan boʻlsa;
  • hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan ma’lumotlar boʻlsa;
  • talabgor litsenziya talablari va shartlariga nomuvofiq boʻlsa.

 

Litsenziyalar LBMA direktori yoki oʻrinbosarining ERI bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida rasmiylashtiriladi va Agentlik saytida e’lon qilinadi. Litsenziat soʻroviga koʻra qogʻoz shaklida berilishi mumkin.

 

Hujjatda litsenziya berganlik uchun davlat boji miqdori qayd etilmagan va litsenziyalovchi organ tomonidan belgilanadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 23.01.2019 yildan kuchga kirdi.

 

Oleg Zamanov.