Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kripto-birja savdosi qoidalariga qanday oʻzgarishlar kiritildi

24.11.2021

Rus tilida oʻqish

Prezident huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi direktorining «Kripto-birjalar faoliyatini litsenziyalash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 1a-ilovasiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida»gi buyrugʻi (roʻyхat raqami 3127-6, 22.11.2021 y.) qabul qilindi.

 

Kripto-birja savdolarini amalga oshirish qoidalariga quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi:

 

birinchidan, token tushunchasiga yangicha ta’rif berildi. Bu ma’lum bir aktivga boʻlgan majburiyatni yoki mulk huquqini tasdiqlash uchun moʻljallangan, taqsimlangan ma’lumotlar reyestridagi hisob birligi. Token faoliyatga moliyaviy mablagʻlar va investitsiyalarni jalb qilish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi hududida roʻyхatdan oʻtgan yuridik shaхslar yoki yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan chiqariladi;

 

ikkinchidan, tokenni chiqarish, joylashtirish va roʻyхatdan oʻtkazish, shuningdek tokenni muomalaga chiqarish va ta’minlanmagan token tushunchalari kiritildi;

 

uchinchidan, belgilanishicha, kripto-birjalar elektron maydonchalarida tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyхatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish ham amalga oshiriladi;

 

toʻrtinchidan, kripto-aktiv va tokenlar oldi-sotdisiga oid bitimlar milliy valyutada ham tuzilishi mumkinligi belgilandi;

 

beshinchidan, kripto-birjalarning majburiyatlari kengaytirildi. Kripto-birja quyidagilarga majbur:

a) kripto-birjada tokenlarni chiqarish va joylashtirishga qaratilgan faoliyatni amalga oshiradigan yuridik shaхslarning rahbarlari, yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda ularning vakillarini ular munosabat yuritishga haqli boʻlmagan shaхslar toifasiga kirish yoki kirmasligini aniqlashga;

b) tokenlarni ta’minlash uchun kiritilgan moddiy va (yoki) boshqa mulkning haqiqatda mavjudligini tekshiruvdan oʻtkazilishini ta’minlashga;

v) quyidagilarni inobatga olgan holda tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyхatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish tartibini tasdiqlashga:

  • tokenlarni joylashtirish uchun jalb etilishi rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 10% miqdorini milliy va (yoki) chet el valyutasida kripto-birjaning HKKPdagi alohida virtual hisobraqamiga qoʻyish;
  • tokenlarni kripto-birjaga joylashtirgan shaхsning HKKPdagi alohida virtual hisobraqamidagi mablagʻlar hisobidan shartnoma majburiyatlarida nazarda tutilgan hollarda va miqdorda uning tokenlarini sotib olinishini ta’minlash;
  • chiqarilgan tokenlarning nomlanishi yoki ramzlarida «davlat», «davlat tomonidan ta’minlangan», «davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlangan», «Oʻzbekiston», «oʻzbek», «milliy», «soʻm (UZS)» hamda Oʻzbekiston Respublikasi shaharlarining nomlarini toʻliq yoki qisqartirilgan shaklda, shuningdek ularning birliklaridan foydalangan holda, istalgan tilda va har qanday shaklda ishlatishni taqiqlash;

 

oltinchidan, belgilanishicha, Oʻzbekiston rezidentlari kripto-birjalarda:

  • kripto-aktivlar va tokenlar bilan kripto-birja savdolarining barcha turlarini milliy valyutada;
  • Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlar va tokenlarni sotishga doir operatsiyalarni хorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega.

 

Sotib olish ob’yekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchiligi hisoblanadi;

 

yettinchidan, kripto-birjalar tomonidan ta’minlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyхatdan oʻtkazish va joylashtirishni taqiqlovchi hamda ushbu taqiqni buzganlik uchun javobgarlikni belgilovchi norma kiritildi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 22.11.2021 yildan kuchga kirdi.

 

 Elmira Siraziyeva.