Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Soddalashtirilgan QQSga oʻtganlar foyda soligʻi boʻyicha qanday hisobot berishi kerak Onlayn-NKT chekida belgilangan tovar: 2026 yilda sotuvchilar uchun nimalar oʻzgardi 2027 yilda yer soligʻining 90 foizi kimlarga qaytariladi Issiqхona biznesi uchun yangi imtiyozlar: Prezidentning PQ-371-son qarori nimalarni oʻzgartirmoqda

Kripto sohasida litsenziya olish uchun davlat boji qancha turadi?

19.12.2024

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining «Kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlari faoliyatini amalga oshirishga litsenziyalar berilganligi uchun davlat boji miqdorlarini belgilash toʻgʻrisida»gi buyrugʻi qabul qilindi (17.12.2024 y. AV roʻyхat raqami 3584-son).

 

Buyruq bilan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmat koʻrsatuvchi provayderlarning faoliyati boʻyicha litsenziya berish uchun davlat boji  quyidagi miqdorlarda belgilanmoqda: 

  • kripto-birja uchun – BHMning 73,4 ming baravari (27,5 mlrd soʻm);
  • mayning-pul uchun - BHMning 3 ming baravari (1,1 mlrd soʻm);
  • kripto-depozitariy – BHMning 7 ming baravari (2,6 mlrd soʻm);
  • kripto-doʻkon – BHMning 3,7 ming baravari (1,4 mlrd soʻm).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 18.12.2024 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev