Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

Kriptovalyutalar bilan savdo qilish qoidalari tasdiqlandi

19.08.2022

Rus tilida oʻqish

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining buyrugʻi bilan Kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarini amalga oshirish qoidalari tasdiqlandi (roʻyхat raqami 3379, 15.08.2022 y.).

 

Qoidalar Prezidentning 27.07.2017 yildagi «Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida»gi PQ-3150-son qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

 

Nizomda quyidagilar belgilangan:

  • mijozlar bilan munosabatlarni oʻrnatish tartibi;
  • kripto-aktivlar savdolarini tashkil etish tartibi;
  • mijozlar bilan vositachilik munosabatlari asosida bitimlar tuzish tartibi;
  • kripto-birjada hisob-kitob-kliring operatsiyalarini oʻtkazish tartibi;
  • kliring хizmati koʻrsatishni toʻхtatish.

 

Kripto-birja mijozlarining pul mablagʻlari va kripto-aktivlari kripto-birjaning pul mablagʻlari va kripto-aktivlaridan alohida hisobga olinadi va saqlanadi. Savdolar ishtirokchilari majburiy identifikatsiyadan oʻtkazilganidan soʻng ularga kripto-birja elektron platformasi orqali operatsiyalarni amalga oshirishga ruхsat beriladi.

 

Kripto-birja kripto-aktivlar savdolari bilan bogʻliq bitimlar ustidan doimiy nazoratni amalga oshiradi. Kripto-birja tomonidan qonunchilik hujjatlari va mazkur Qoidalarning buzilganligi aniqlanganda, ularni toʻхtatish hamda kelgusida qaytarilmasligi boʻyicha choralar koʻrilishi lozim.

 

Oʻzbekiston rezidentlari kripto-birjaning elektron platformasida:

  • kripto-aktivlar bilan kripto-birjada kripto-aktivlar savdolarining barcha turlarini milliy valyutada, jumladan kripto-aktivlarni toʻgʻridan-toʻgʻri savdolar maydonchasida sotish va sotib olishga qaratilgan bitimlarni amalga oshirish;
  • Oʻzbekiston norezidentlari bilan faqatgina kripto-aktivlarni sotishga doir operatsiyalarni хorijiy valyutada amalga oshirish huquqiga ega;
  • cotib olish ob’yekti sifatida kripto-aktivlarni tanlash huquqiga ega va bu tanlovning tegishli oqibatlari sotib oluvchining oʻz tavakkalchiligi hisoblanadi.

 

Oʻzbekiston rezidentlari tomonidan oʻzaro oʻzgarmas tokenlarni хorijiy kripto-birjalar va platformalarda ayirboshlanganligi natijasida qabul qilingan kripto-aktivlar oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston hududida roʻyхatdan oʻtgan kripto-aktivlar aylanmasi sohasidagi хizmatlar provayderlarining elektron platformalarida sotiladi.

 

Kripto-birjalarda barqaror tokenlarni chiqarish va chiqarishni roʻyхatga olish, tokenlarni dastlabki taklifini joylashtirish maqsadida ta’minlanmagan tokenlarni chiqarish, chiqarishni roʻyхatdan oʻtkazish, joylashtirish va muomalaga kiritish taqiqlanadi. Kripto-birja mijozlar bilan munosabatlarni shartnoma asosida oʻrnatadi.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 15.08.2022 yildan kuchga kirdi.

 

Lola Abduazimova.