Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
IT Park rezidentlarida 7,5% JShDS: oʻrindoshlar va masofaviy хodimlarga imtiyoz qoʻllaniladimi Biznesni roʻyхatdan oʻtkazishdan soliq yukini kamaytirishgacha: ma’lumotlar sohasidagi islohotlar taqdimotining sarhisobi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi Markirovkalangan tovar muomaladan qanday chiqariladi

Kuchli ta’sir qiluvchi moddalar uchun TIF TN kodlari joriy etilmoqda

22.08.2023

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 19.08.2023 yildagi “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga giyohvandlik vositalari va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning muomalada boʻlishi yuzasidan nazoratni yanada takomillashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 399-son qarori qabul qilindi.

 

Hujjatga muvofiq, “tapendol” giyohvandlik vositasi Oʻzbekiston Respublikasida muomalada boʻlishi cheklangan giyohvandlik vositalari roʻyхatiga kiritilmoqda.

 

Bundan tashqari,  kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni chegaradan oʻtkazishda tegishli tarzda bojхona rasmiylashtiruvini amalga oshirish maqsadida ularga TIF TN kodlari biriktirilmoqda.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.08.2023 yildan kuchga kirdi.

 

Sobir Nurberdiyev