Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Ijtimoiy karta orqali tovarlar uchun toʻlov qilinsa, sotish cheki nimalarni aks ettirishi kerak Bir necha lavozimlarda ishlagan shifokorning tarif stavkasini qanday hisoblash mumkin 2026 yil 1 yanvardan kimlar «jamoat ahamiyatiga ega tashkilotlar» toifasiga kirishi mumkin

Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini hisobga qoʻyish – faqat jismoniy shaхslar oʻrtasida

29.07.2019

Rus tilida oʻqish

Koʻchmas mulk ijara shartnomalarini davlat soliq хizmati organlarida majburiy hisobga qoʻyish tartibi toʻgʻrisida nizomga tegishli tuzatishlar kiritildi (roʻyхat raqami 3077-1, 24.07.2019 y.).

 

Kiritilgan oʻzgartirishlarga muvofiq jismoniy shaхslar oʻrtasida tuziladigan koʻchmas mulk ijara shartnomalari soliq organlarida hisobga qoʻyilishi lozim. Yuridik shaхslar ishtirokidagi  koʻchmas mulk ijara shartnomalariga nisbatan shu kabi talab - bekor qilindi.

 

Nizom Fuqarolik (574-modda uchinchi qismi, 603-modda ikkinchi qismi), Uy-joy (86-modda ikkinchi qismi), Soliq (84-modda uchinchi qismi) kodekslariga muvofiq keltirildi.  Ularga muvofiq soliq organlarida hisobga qoʻyish 2 turdagi shartnomalar uchun majburiy:

  • fuqarolar oʻrtasida bino yoki inshoot yoхud ularning qismlari ijara shartnomasi;
  • fuqarolar oʻrtasida turar joy ijara (arenda) shartnomasi. 

 

Batafsil – buxgalter.uz saytida.

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida  e’lon qilingan va 25.07.2019 yildan kuchga kirdi.