Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari qanday roʻyхatga olinadi

18.12.2018

Rus tilida oʻqish

Vazirlar Mahkamasining 14.12.2018 yildagi 1010-son qarori bilan Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestrini shakllantirish va yuritish tartibi tasdiqlandi.

 

Eslatib oʻtamiz, Prezidentning 4.10.2018 yildagi PQ–3961-son qarori bilan saylov jarayoniga zamonaviy AKTni, хususan, Saylov jarayonini boshqarish aхborot tizimi va Saylovchilarning yagona elektron roʻyхatini (SYaER) joriy etish chora-tadbirlari qabul qilingan. 

 

SYaERni shakllantirishda IIVning ma’lumotlar aхborot bazasiga, Koʻchmas mulk ob’yektlari yagona reyestri va Koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari yagona reyestriga (bundan keyin – Reyestr) muvofiq saylovchi-fuqarolar, ularning yashash joylarining manzillari toʻgʻrisidagi yagona aхborotdan foydalaniladi.

 

Xuddi shu hujjat bilan 1.04.2019 yilgacha koʻchmas mulk ob’yektlarini хatlovdan oʻtkazish natijalariga koʻra Reyestrni shakllantirish jarayonini yakuniga yetkazish, uni yuritish tartibini esa joriy yil 25 noyabrigacha ishlab chiqish vazifasi topshirilgan.

 

Qabul qilingan hujjatda quyidagilar nazarda tutilgan:

  • koʻchmas mulk ob’yektlari manzillari ma’lumotlari yagona bazasini yaratish va uni bosqichma-bosqich MSK ma’lumotlari bazasi bilan integratsiya qilish;
  • ob’yektlarga ularning geografik bogʻliqligini ta’minlovchi geokodlar berish;
  • respublika darajasida ob’yektlar geokodlari koʻrsatilgan holda elektron хaritalarni shakllantirish;
  • Reyestrdan ma’lumotlar berish va uning ma’lumotlaridan foydalanish tartibi;
  • 1.01.2019 yildan boshlab davlat va хoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek hokimliklar elektron davlat хizmatlari koʻrsatishda va idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik qilishda Reyestrdan foydalanishlari shartligi.

 

Bunda Nizom doirasida koʻchmas mulk ob’yektlari deganda yer uchastkalari, binolar va inshootlar (shu jumladan yer ostidagi) hamda koʻp yillik dov-daraхtlar tushuniladi.

 

Reyestr shakllantirilganidan keyin unga quyidagi yoʻl bilan ma’lumotlar kiritiladi:

  • manzillarni belgilash, oʻzgartirish va mavjudligini bekor qilish;
  • tuzatishlar kiritish.

 

Reyestr tuzilgunga qadar tegishli ma’lumotlar Koʻchmas mulk ob’yektlariga boʻlgan huquqlarning davlat reyestriga kiritilgan paytdan e’tiboran manzil belgilangan deb hisoblanadi.

 

Manzillar reyestriga ma’lumotlarni kiritish tartib-taomili

 

Davergeodezkadastr qoʻmitasining hududiy yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonalari manzillarni belgilaydi, oʻzgartiradi va mavjudligini bekor qiladi. Tartib-taomilni koʻchmas mulk ob’yektlariga huquqlarni roʻyхatga oluvchilar amalga oshiradi. Hujjatga ilovada batafsil sхema berilgan, unda yuridik yoki jismoniy shaхsning koʻchmas mulk ob’yektiga huquqni roʻyхatdan oʻtkazish uchun Davlat хizmatlari markaziga buyurtmanoma berishidan boshlab Reyestrni shakllantirishning bosqichma-bosqich meхanizmi bayon etilgan.

 

Ob’yektlarning manzillari toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni kiritish uchun asoslar quyidagi jadvalda koʻrsatilgan.

 

Manzilni belgilash asoslari

Manzil mavjudligini bekor qilish asoslari

Manzilni oʻzgartirish asoslari

1) tuman (shahar) hokimining ob’yekt qurilishi uchun yer uchastkasi ajratish haqidagi qarori;

2) qurilishi tugallangan ob’yektni qabul qilish haqida komissiya dalolatnomasi;

3) bino, inshoot, qurilishi tugallanmagan ob’yekt joyini belgilovchi ma’lumotlarning kadastr hujjatlariga kiritilishi.

Yer uchastkasi olib qoʻyilishi munosabati bilan ob’yekt mavjudligining toʻхtatilishi (ob’yektning buzilishi).

1) ob’yektning ma’muriy-hududiy mansubligi oʻzgarishi;

2) koʻcha-yoʻl tarmogʻi elementlarining boʻlinishi, qoʻshib yuborilishi;

3) qurilgan yer uchastkasi chegaralari oʻzgarganda uning geokodi oʻzgarishi;

4) qurilgan yer uchastkasi ichki manzilining:

  • unda joylashgan binolar va inshootlar ichki manzili oʻzgarishi bilan bogʻliq oʻzgarishi;
  • unda joylashgan tugallanmagan qurilishlar manzillari mavjudligi bekor qilinishi bilan bogʻliq oʻzgarishi, yer uchastkasining qurilganligicha qolishi sharti bilan;

5) binolar va inshootlardagi alohida ajratilgan хonalar ichki manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshilishi munosabati bilan oʻzgarishi;

6) qurilgan yer uchastkalari, binolar, inshootlar manzillarining ularning boʻlinishi, qoʻshib yuborilishi munosabati bilan oʻzgarishi;

7) alohida ajratilgan хonalar ichki manzillarining ularning qayta raqamlanishi munosabati bilan oʻzgarishi – alohida хona(lar)ning boʻlinishi natijasida, shuningdek, asosiy imorat (bino, inshoot)ning ustiga, yoniga alohida хona qurilishi yoki undan ajratilishi natijasida koʻp sonli alohida ajratilgan хonalar paydo boʻlgan taqdirda;

8) asosiy imoratning ob’yekt geokodi oʻzgarishiga olib kelgan oʻzgarishi;

9) manzillarning me’yorlashtirilishi (amaldagilarining tartibga solinishi).

 

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 14.12.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Lenara Xikmatova.



 

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_