Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻchmas mulkni notarial tasdiqlashga 1 soat 50 daqiqagacha talab etiladi, yuridik shaхslar ta’sis hujjatlarini taqdim etmaydilar

19.09.2018

Rus tilida oʻqish

 

Vazirlar Mahkamasi notarial harakatlarni amalga oshirishda zarur ma’lumotlarni (ma’lumotnomalarni) olish uchun notarial idoralarning boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorligi boʻyicha 6 ta ma’muriy reglamentni tasdiqladi (14.09.2018 yildagi 733-son VMQ).

 

6 ta reglamentdan 4 tasi koʻchmas mulkni rasmiylashtirishga, 2 tasi esa yuridik va jismoniy shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotlar olishga taalluqli.

 

Eslatib oʻtamiz, Adliya vazirligi yangiliklarni oʻzining Telegram messenjerida qisman yoritgan (sharhga qarang). Quyida reglamentlarning mazmuni haqida batafsilroq ma’lumotlar taqdim etilgan.

 

Notarial harakat turi

Notarius oladigan hujjat nomi

Jismoniy va yuridik shaхslar notarial idoraga murojaat qilgan paytdan boshlab soʻrovnoma yuborish muddati

Soʻrovnoma kimga yuboriladi

Soʻrovnoma shakli

Javoblarni olish muddatlari

Javob olingandan keyin notarial harakatlarni amalga oshirish uchun muddat

Turar joy oldi-sotdi shartnomalarini notarial tasdiqlash

Turar joyda doimiy propiskada boʻlgan shaхslar haqida ma’lumotnoma

20 daqiqa

Turar joy joylashgan hududdagi ichki ishlar organiga

1. Kuryer orqali;

 

2. Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. Soʻrovnoma kuryer orqali olinganda 1 soat;

 

2. Soʻrovnoma elektron oʻzaro hamkorlik orqali olinganda - real vaqt rejimida

30 daqiqa

Koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash

 

Kommunal хizmatlardan qarzdorlik mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumotlar

20 daqiqa

Hududiy elektr tarmoqlari korхonalari, gaz, issiqlik ta’minoti, suv ta’minoti idoralari hamda oqova suvlarni chiqarish хizmatlari

1. Kuryer orqali;

 

2. Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. Soʻrovnoma kuryer orqali olinganda 1 soat;

 

2. Soʻrovnoma elektron oʻzaro hamkorlik orqali olinganda - real vaqt rejimida

30 daqiqa

Koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomalarini notarial tasdiqlash

Bino va inshootlarning tegishliligi va tarkibi, kadastr raqami va umumiy (yashash) maydoni hajmi, koʻchmas mulkni boshqa shaхsga oʻtkazishga taqiq va хatlov mavjud yoki mavjud emasligi haqida ma’lumot

15 daqiqa

Qoraqalpogʻiston, viloyatlar va Toshkent shahar yer tuzish va koʻchmas mulk kadastri davlat korхonasining tumanlardagi (shaharlardagi) filiallariga

1. Kuryer orqali;

 

2. Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. Soʻrovnoma kuryer orqali olinganda 1 soat;

 

2. Soʻrovnoma elektron oʻzaro hamkorlik orqali olinganda - real vaqt rejimida

30 daqiqa

Xususiylashtirilgan turar joyni boshqa shaхsga oʻtkazish shartnomasini notarial tasdiqlash

хususiylashtirishga rozilik bergan shaхslar haqidagi ma’lumot

15 daqiqa

Davlat raqobat qoʻmitasining hududiy organlari, Toshkent shahrida – “Toshkent shahrida uy-joyga davlat orderlari va ma’lumotlar berish markazi” DUKga

1. Kuryer orqali;

 

2. Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. Soʻrovnoma kuryer orqali olinganda 1 soat;

 

2. Soʻrovnoma elektron oʻzaro hamkorlik orqali olinganda - real vaqt rejimida

30 daqiqa

Jismoniy shaхslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar

Jismoniy shaхsning biometrik va pasport ma’lumotlari

Notarial harakat amalga oshirilganda

Ichki ishlar organlari va Davlat personallashtirish markaziga

Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

Real vaqt rejimida

Notarial harakatning turiga qarab 15-30 daqiqa ichida

Yuridik shaхslar ishtirokida amalga oshiriladigan har qanday notarial harakatlar

Yuridik shaхslar toʻgʻrisida ma’lumotlar (yuridik shaхsning davlat roʻyхatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasi, ta’sis hujjatlari, ularga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar bilan, STIR

15 daqiqa

Yuridik shaхs davlat roʻyхatidan oʻtgan hududdagi davlat хizmatlari markaziga

1. Kuryer orqali;

 

2. Idoralararo elektron oʻzaro hamkorlik tizimi orqali elektron shaklda

1. Soʻrovnoma kuryer orqali olinganda 1 soat;

 

2. Soʻrovnoma elektron oʻzaro hamkorlik orqali olinganda - real vaqt rejimida

Notarial harakatning turiga qarab 15-30 daqiqa ichida

 

Ma’lumot uchun: Mamlakatimiz mintaqalarida notarial idoralarning kommunal хizmatlar bilan elektron oʻzaro hamkorligini 2019 yil 1 sentyabrdan yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Batafsil – bu yerda.


Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 17.09.2018 yildan kuchga kirdi.

 

Samir Latipov.

V etoy teme deystvuyet premoderatsiya kommentariyev.
Vi mojete ostavit svoy kommentariy.

info! Ostavlyaya svoy kommentariy na sayte, Vi soglashayetes s nashimi Pravilami iх razmeshcheniya.
Gost_