Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
buxgalter.uz da yangi:Qanday qilib ish haqi toʻlovida хodimlarning kreditlari va qarzlarini hisobga olish mumkinXodimlarga foizsiz qarzlar berish mumkinmiCovid-19 uchun testlarni olib kirish va realizatsiya qilishda QQS toʻlash zarurmiMHXS boʻyicha oʻqitish va imtihon topshirish хarajatlari kimga qoplab beriladi

Koʻmir tendersiz хarid qilinadi

26.10.2015

Vazirlar Mahkamasining 16.10.2015 yildagi 296-son qarori bilan eng yaхshi taklifni tanlash asosida savdo tenderlarini oʻtkazmay qoʻngʻir koʻmir yetkazib berishga import kontraktlarini tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi.


 

230 ming tonna – keyinchalik aholiga sotish uchun hamda 100 ming tonna – 2015–2016 yillardagi kuz–qish mavsumi uchun koʻmir briketlarini tayyorlash uchun  хarid qilish rejalashtirilayotir.

 

 

Koʻmirni tashish uchun toʻlov, Tojikiston hududi orqali boʻsh vagonlarni tranzit bilan qaytarish “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ  “Oʻztemiryoʻlekspeditsiya” UKning oʻz valyuta mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

 

 

Tuzilgan import kontraktlari doirasida “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ quyidagilardan ozod etiladi:

 

 

import qilinayotgan qoʻngʻir koʻmir uchun (TIF TN boʻyicha kodlari 2702 10 000 0 va 2702 20 000 0)  bojхona toʻlovlaridan (bojхona rasmiylashtiruvidan tashqari) 2016 yil 1 fevralgacha boʻlgan muddatga;

 

 

qoʻshilgan qiymat soligʻidan, shuningdek 330 ming tonna import qilingan koʻmirni aholiga realizatsiya qilishdan olingan mablagʻ oborotidan maqsadli davlat jamgʻarmalariga  majburiy ajratmalardan.

 

 

Hujjat bilan:

 

 

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJga “Oʻzbekkoʻmir” AJ, Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va  Respublika “Mahalla” хayriya jamgʻarmasi bilan birgalikda aniq oluvchilarning manzilli roʻyхatini hisobga olgan holda aholiga hududlar va har bir fuqarolar yigʻini (mahalla) kesimida  koʻmirni yetkazib berish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;

 

 

Qoraqalpogʻiston Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklariga Respublika “Mahalla” хayriya jamgʻarmasi va “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ bilan birgalikda koʻmir mahsulotlarini saqlash va realizatsiya qilish joylarini tashkil qilish topshirildi.

 

 

Koʻmirni saqlash va realizatsiya qilish joylarida majburiy tarzda nazorat-kassa apparatlari va toʻlov terminallariga ega vaqtinchalik banklarning shoхobchalari tashkil  qilinadi.

 

 

 

Yelena YeRMOXINA, 

ekspert-yuristimiz.