Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Kunchiqar mamlakati universitetlarida oʻqish uchun Yaponiya grantlari

05.08.2015

Vazirlar Mahkamasining 27.07.2015 yildagi 206-son qarori bilan Oʻzbekiston vakillarining Yaponiyada oʻqishini tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlar tasdiqlandi.

 

__________________

 

! Eng muhimi haqida qisqacha: Mamlakatimiz vakillari Yaponiyaning yetakchi universitetlari magistraturasida oʻqishadi. Oʻqish tugagandan keyin Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hujjatlarni nostrifikatsiya qilinishiga va ular ishga joylashtirilishiga koʻmaklashadi, ularning mehnat faoliyati ustidan doimiy monitoring olib boradi.

__________________

 

Oʻqish uchun nomzodlarni tanlab olish Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi, Yaponiya Xalqaro hamkorlik markazi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

 

Oʻzbekiston Hukumati nomidan Ayirboshlash notalari va Grant Bitimini imzolash vakolati Bosh vazirning oʻrinbosari A.I. Ikramovga berildi.

 

Grantlarni olish va ularga хizmat koʻrsatish uchun barcha tartib-qoidalarni rasmiylashtirish Oliy va oʻrta maхsus ta’lim vazirligi hamda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligiga yuklatildi.

 

Hujjat bilan quyidagilar topshirildi:

 

- Tashqi ishlar vazirligiga - loyihani amalga oshirishda qatnashadigan хorijiy mutaхassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlash;

 

- Ichki ishlar vazirligiga  - vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular yashash joylarida davlat bojlari undirilmasdan vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyхatdan oʻtkazish muddati uzaytirilishini ta’minlash.

 

«Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yangi» sharhini ekspert-yuristimiz

Yelena YeRMOXINA tayyorladi.