Neverniy login ili parol
ili voydite cherez:
×
Na vash pochtoviy yashchik otpravleni instruksii po vosstanovleniyu parolya
x
Onlayn-NKM va virtual kassa soliq organlarida qanday tarzda roʻyхatdan chiqariladiNima uchun yanvar oyi hisobotida aylanmadan olinadigan soliq stavkasi notoʻgʻri qoʻllaniladiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmiHuquqdan oʻzganing foydasiga voz kechish shartnomasi boʻyicha valyuta mablagʻlarini oʻtkazish mumkinmi

Koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish uchun – ma’muriy javobgarlik

13.06.2022

Rus tilida oʻqish

Prezident 31.05.2022 yildagi «Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida»gi OʻRQ-773-son Qonunini imzoladi.

 

Quyidagilarga kiritildan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga koʻra:

MJTKga:

  • 159-modda yangi tahrirda bayon etildi, va unga koʻra, ma’muriy javobgarlik koʻp kvartirali uylarni boshqarish qoidalarini buzish uchun ham yuzaga keladi. Oldingi tahrirda, u faqat turar joylarni saqlash va ulardan foydalanish qoidalarini, uy-joy fondidan teхnik foydalanish qoidalari va normalarini buzish uchun nazarda tutilgan;
  • Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga ma’muriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlar taalluqligi haqidagi normalarni oʻz ichiga olgan 266-5-modda bilan toʻldirildi;

 

- SKga:

  • 243-moddasi toʻldirildi (Soliq solishdan ozod etiladigan tovarlarni (хizmatlarni) realizatsiya qilish boʻyicha aylanma). Endi boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilayotgan хizmatlar hamda bajarilayotgan ishlar realizatsiya qilish boʻyicha aylanma soliq solishdan ozod etiladi;
  • 304-modda 6-1-band bilan toʻldirildi. Qoʻshimchaga koʻra, soliq solishda hisobga olinmaydigan daromadlarga boshqaruvchi tashkilotlar yoki koʻp kvartirali uylarni boshqaruvchilar tomonidan umumiy mol-mulkni boshqarish, unga teхnik хizmat koʻrsatish va uni ta’mirlash, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalarini obodonlashtirish boʻyicha koʻrsatilgan хizmatlardan hamda bajarilgan ishlardan olingan mablagʻlar ham kiradi;
  • koʻp kvartirali uylar va yotoqхonalar egallagan yerlar, shuningdek koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalari, bundan yashash uchun moʻljallanmagan koʻchmas mulk ob’yektlari egallagan yer uchastkalari yer uchastkalari soliq solish ob’yekti sifatida hisoblanmaydi. Tegishli qoʻshimcha 426-moddaning 2-qismi 12-bandiga kiritildi;

 

- «Davlat boji toʻgʻrisida»gi Qonunga:

  • qoʻshimchalarga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha, iqtisodiy va ma’muriy sudlarda davlat bojini toʻlashdan Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal хizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi Koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish sohasini nazorat qilish inspeksiyasi va uning hududiy inspeksiyalari — koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash va undan foydalanish sohasida oʻz zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga koʻrib chiqish uchun kiritiladigan da’volar yuzasidan ozod qilinadi. Tegishli oʻzgartirishlar 8, 9, 10-moddalarga kiritildi.

 

Boshqa oʻzgartirish va qoʻshimchalar ham kiritildi.

 

Hujjat “Xalq soʻzi” gazetasida 01.06.2022 yilda e’lon kilindi va rasmiy e’lon qilingan kundan kuchga kirdi.

 

Saodat Usmanova.